Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131
Tasnifiy baholash modeli- kreditni baholashning balli modeli (reyting uslubi) 
va bankrotlikni bashorat qilish (MDA – Multiple Discriminate Analysis ga 
asoslangan statistik baholash) modellariga asoslanadi. 
Tijorat banki-tijorat tashkiloti bo‗lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan yuridik 
va jismoniy shaxslardan omonatlarni jalb qilish va ularni kreditga berish, to‗lovlarni 
amalga oshirish bilan shug‗ullanuvchi amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. 
Tijorat banklarining kredit siyosati – bu banklarning kredit risklarini 
kamaytirish va kredit operatsiyalarining daromadliligini ko‗paytirish maqsadida 
amalga oshiradigan kompleks tadbirlari majmuasidir. 


189 
Tijorat siri – korxona,ishlab chiqarish va savdo-sotiqning bevosita 
ishtirokchilarigagina ma‘lum bo‗lgan va boshqalarga e‘lon qilinmaydigan 
ma‘lumotlar. 
To„lov balansi - mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo‗ladigan aloqalari 
natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to‗lovlarining haqiqatdagi 
summasi aks ettiriladi. Aktiv to‗lov balansi - to‗lov balansida tushumlar summasi 
to‗lovlar summasidan ortiq bo‗ladi. 
To„lovga layoqatlilik-bank zarur muddatlarda kredit-omonatchilar, banklar 
davlat oldidagi majburiyatlarini to‗la summada bajara olish layoqatini bildiradi. 
Tovar belgisi – huquqiy ximoya bilan ta‘minlangan marka yoki uning bir 
qismi. U sotuvchining yoki marka nomi yoki marka belgisidan foydalanish huquqini 
belgilaydi. 
Tovar belgisi - qonun bilan himoyalangan marka yoki uning qismi. Tovar 
belgisi sotuvchining mahsuloti belgisi yoki uning otini qo‗llanilishini qonuniy 
himoya qiladi. 
Tovar birjasi – bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo- sotiqni amalga 
oshiruvchi tijorat korxonasi, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas qismi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling