Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet125/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131
Valyuta arbitraji - bu foyda olish maqsadida valyutani sotib olish – sotish 
bo‗yicha operatsiyalardir. Valyuta arbitraji – bu valyuta kurslari farqidan foyda olish 
maqsadida valyutani sotib olish va bir vaqtning o‗zida sotishdir. 
Valyuta bozorlari - bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi 
qilinadigan rasmiy markazlardir. Valyuta bozori- xorijiy valyutalar yoki xorijiy 
valyutadagi to‗lov hujjatlari bo‗yicha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‗liq 
iqtisodiy munosabatlarning alohida sohasidir.
Valyuta dempingi - bu valyuta kursini tushirish natijasida uning xarid qilish 
qobiliyatining pasayishidan foydalangan holda tashqi bozordagi raqobatchilarni siqib 
chiqish maqsadi bilan bog‗liq holda tovarlarni jahon o‗rtacha narxlaridan past 
darajada keng ko‗lamda eksport qilishdir.
Valyuta operatsiyalari - chet el valyutalari va valyutaviy qimmatliklarga 
mulk huquqini almashinishi bilan bog‗liq operatsiyalari. 
Valyuta riski - tashqi iqtisodiy faoliyatda turli valyuta operatsiyalar o‗tkazish 
jarayonida ayirboshlash kurslarining o‗zgarishi natijasida nisbatan zarar ko‗rish yoki 
yuqori foyda olish ehtimoli tushuniladi. 
Valyuta riski - valyuta kurslarining tebranishi natijasida banklarning zarar 
ko‗rish xavfi tushuniladi. 
Varrant (warrant) – opsionning bir turi bo‗lib, egasiga belgilangan muddat 
ichida emitentdan imtiyozli sharoitda ma‘lum bir mikdordagi aksiyalarni sotib olish 
imkonini beradi. 
Vaziyatli tahlil - muvoffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklarni hisobga olgan 
holdagi oldingi faoliyatini o‗rganish: ishlab chiqarish va bozordagi vaziyat o‗zgarish 
sabablarini aniqlash; xodimlar ishi samaradorligini baholash, ish ko‗rsatkichlariga 
tashqi muhit ta‘sirini hisobga olish; xozirgi kundagi vaziyat ta‘sirini aniqlash va 
kelajak prognozi (bashorati). 
Veksel- karz majburiyati bulib, veksel beruvchining Ushbu vekselini 
ko‗rsatilgan muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga uning nominal qiymatini 
to‗lab berish guvohini beruvchi qimmatli qog‗ozlar va to‗lov vositasidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling