Valyuta arbitraji - bu foyda olish maqsadida valyutani sotib olish – sotish
bo‗yicha operatsiyalardir. Valyuta arbitraji – bu valyuta kurslari farqidan foyda olish
maqsadida valyutani sotib olish va bir vaqtning o‗zida sotishdir.
Valyuta bozorlari - bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi
qilinadigan rasmiy markazlardir. Valyuta bozori- xorijiy valyutalar yoki xorijiy
valyutadagi to‗lov hujjatlari bo‗yicha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‗liq
iqtisodiy munosabatlarning alohida sohasidir.
Valyuta dempingi - bu valyuta kursini tushirish natijasida uning xarid qilish
qobiliyatining pasayishidan foydalangan holda tashqi bozordagi raqobatchilarni siqib
chiqish maqsadi bilan bog‗liq holda tovarlarni jahon o‗rtacha narxlaridan past
darajada keng ko‗lamda eksport qilishdir.
Valyuta operatsiyalari - chet el valyutalari va valyutaviy qimmatliklarga
mulk huquqini almashinishi bilan bog‗liq operatsiyalari.
Valyuta riski - tashqi iqtisodiy faoliyatda turli valyuta operatsiyalar o‗tkazish
jarayonida ayirboshlash kurslarining o‗zgarishi natijasida nisbatan zarar ko‗rish yoki
yuqori foyda olish ehtimoli tushuniladi.
Valyuta riski - valyuta kurslarining tebranishi natijasida banklarning zarar
ko‗rish xavfi tushuniladi.
Varrant (warrant) – opsionning bir turi bo‗lib, egasiga belgilangan muddat
ichida emitentdan imtiyozli sharoitda ma‘lum bir mikdordagi aksiyalarni sotib olish
imkonini beradi.
Vaziyatli tahlil - muvoffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklarni hisobga olgan
holdagi oldingi faoliyatini o‗rganish: ishlab chiqarish va bozordagi vaziyat o‗zgarish
sabablarini aniqlash; xodimlar ishi samaradorligini baholash, ish ko‗rsatkichlariga
tashqi muhit ta‘sirini hisobga olish; xozirgi kundagi vaziyat ta‘sirini aniqlash va
kelajak prognozi (bashorati).
Veksel- karz majburiyati bulib, veksel beruvchining Ushbu vekselini
ko‗rsatilgan muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga uning nominal qiymatini
to‗lab berish guvohini beruvchi qimmatli qog‗ozlar va to‗lov vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |