Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining


Download 393.84 Kb.
bet46/58
Sana22.09.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1684447
TuriУчебное пособие
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. -fayllar.org

Iste’mol savati - muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilikni ita’minlashga etarli bo‘lgan miqdori. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx - navo ko‘tarilib, baholar o‘zgaradi. Aholining ko‘radigan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda —Iste’mol savati”ga kirgan mollar narxining o‘zgarishini o‘zganish. Ularning indekslarni belgilab borish va shunga mos holda aholi daromadlarini indekslashtirish lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS) - BMTning asosiy boshqaruv organlaridan biri bo‘lib, uning XIMlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Iqtisodiy integratsiya - hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo‘li orqali milliy xo‘jalik komplekslarini o‘zaro yaqinlashtirish va bir-biriga kirib borish jarayonlari.
Iqtisodiy ittifoq - iqtisodiy integratsiyaning oliy ko‘rinishi bo‘lib, u umumiy huquqiy me’yorlar, soliq bazasini soddalashtirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda yagona standartlarni joriy etish, yagona valyutaga o‘tish kabilar bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) - tashkilotga 10 ta davlat: Turkiya, Eron, Pokiston (1985), Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston. Qirg‘iziston, Tojikiston (1992) a’zo bo‘lib, maqsad mamlakatlar o‘rtasida fan va texnika, qishloq xo‘jaligi aloqalarini rivojlantirish.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) - tashkilot 1961 yilda AQSH tashabbusi bilan mamlakatlarning yagona iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va nazorat qilish maqsadida tuzilgan. Uning a’zolari AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, YIga kiruvchi 15 mamlakat, shuningdek, Islandiya, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya hisoblanadi. Tashkilot quyidagi muammolarni: jahon iqtisodiyotini ahvoli va kelajagi, rivojlanish yo‘llari, xalqaro savdoni erkinlashtirish va tartibga solish masalalarini, sanoati rivojlangan mamlakatlar hamdo bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan yangi davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi va hal etadi.

Download 393.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling