Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining
Download 155.06 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
Erkin savdo zonasi. Bu holatda kelishuv ishtirokchilari bir-birlariga nisbatan bojxona tariflari va kvotalarni bekor qiladilar. Shu bilan birga erkin savdo zonasining har bir ishtirokchisi uchinchi mamlakatlarga nisbatan o‘zining xususiy tashqi savdo siyosatini yuritish huquqini saqlab qoladi. NAFTAda shunday turdagi integratsiya shakliga yorqin misol bo‘la oladi.
Bojxona ittifoqi. Uning erkin savdo zonasidan asosiy farqi shundaki, bojxona ittifoqi ishtirokchilari nafaqat o‘zaro savdoda tarif va kvotalarni bekor qilishadi, balki uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona tashqi savdo siyosatini yuritishadi. Bojxona ittifoqi bir nechta bojxona hududlarini bittasi bilan almashtirishni ko‘zda tutadi. Bunda ichki chegaralardagi bojxona xizmatlari soddalashtiriladi, ularning funksiyalari esa yagona bojxona hududining tashqi chegaralaridagi tegishli xizmatlarga o‘tkaziladi. 1968- yildan boshlab Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (keyinchalik Yevropa ittifoqiga aylantirilgan), shuningdek MERKOSUR, Yevroosiyoning besh mamlakatida (Rossiya, Belorussiya, Kozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) shakllanayotgan Bojxona ittifoqi ushbu shaklga misol bo‘la oladi. Integratsiyaning bu bosqichida tovar oqimlari sezilarli darajada o‘zgaradi, kelishuvning ishtirokchi mamlakatlaridan import qilish o‘sadi, mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bojxona ittifoqi mantiqan yetarli darajada tugallangan shakl hisoblanadi. Shu bilan birga, tashqi savdo bilan cheklangan holda, u rivojlanishi savdo-iqtisodiy uyushmalarning yanada murakkab shakllariga o‘tish ehtiyojini tug‘diradigan ichki ziddiyatlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy bozor. Bojxona ittifoqi doiralariga qo‘shimcha sifatida, mazkur shakl barcha ishlab chiqarish omillarining ishtirokchi-mamlakatlar o‘rtasidagi erkin ko‘chishi yo‘lidagi to‘siqlaming bartaraf etilishini ko‘zda tutadi. Aytilganlarning barchasi milliy qonunchilik, standartlarning yaqinlashishi, integratsiya institutsional asoslarining rivojlanishi, birlashtirish jarayonlarini umumiy boshqarish organlarining shakllanishini anglatadi. Umuman olganda, mamlakatlarning muayyan guruhi ichida ishlab chiqarish omillarining erkin harakati jami resurslardan yanada oqilona foydalanish mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining rivojlanishi, ishlab chiqarish tuzilmalarining maqbullashishi va ishlab chiqarish miqyoslarining ortishidan iqtisod qilish omilidan to‘liq foydalanishga yordam berishi lozim. Shu bilan birga umumiy bozor tarkibiga kiradigan mamlakatlarning iqtisodiy siyosatidagi tafovutlar bunga to‘sqinlik qiladi. Bu holat Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda kelib chiqadigan barcha salbiy oqibatlar ziddiyatlarning mavjudligiga yo‘l qo‘yadi. Natijada savdo- iqtisodiy ittifoqlarning yanada murakkab shakllariga o‘tish sharoitidagina hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammo paydo bo‘ladi. Iqtisodiy ittifoq. Mazkur shakl ishtirokchidan yuqorida ta‘kidlangan ziddiyatlarning mamlakatlar yuritayotgan iqtisodiy siyosatning turli sohalarida kelishish yo‘li bilan bartaraf etilishini ko‘zda tutadi. YI doirasida yagona qishloq xo‘jaligi siyosati, kelishilgan sanoat, energetika, transport, mintaqaviy, ijtimoiy, ilmiy-texnik siyosat yuritilishi, bunga yorqin misoldir. Shunga e‘tibor qaratishimiz kerakki, iqtisodiy siyosat borasida kelishuv jarayoni muayyan darajaga etgach, u o‘z mantig‘iga bo‘ysuna boshlaydi va agar mamlakat o‘z iqtisodiyotining yuqori darajadagi ochiqligi bilan tavsiflansa, yanada keng doiradagi masalalarni qamrab olgan yaqin bog‘liqlikni talab etadi. Mazkur jarayon majmuaviy va yanada murakkab shakl - iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida o‘zining muayyan mantiqiy yakuniga etishi mumkin. Valyuta ittifoqi — yagona markaziy bankning tashkil etilishi, yagona valyutaning joriy etilishini o‘z ichiga olgan yagona mintaqaviy valyuta tizimini yaratishdir. Bunda yagona valyuta-kredit va muvofiqlashtirilgan mikroiqtisodiy siyosat borasida kelishuvlar qaror topishi ta‘minlanadi. Download 155.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling