Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining


Download 155.06 Kb.
bet28/46
Sana08.05.2023
Hajmi155.06 Kb.
#1445066
TuriУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Valyuta arbitraji - svoplar va ssuda kapitali bozorida bitimlar birgalikda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi banklararo operatsiyalar.
Valyuta bozorlari - milliy valyuta ishtirokida talab va taklif ta‘sirida yuzaga keluvchi valyuta kursiga muvofiq xorijiy valyutalarni oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlar.
Valyuta intervensiyasi - davlat organlari tomonidan milliy bozorda xorijiy valyutani sotish va sotib olish.
Valyuta kliringi - ikki va undan ortiq hukumatlar o‘rtasida moliyaviy talablar va majburiyatlarni o‘zaro hisobga olish haqidagi kelishuv.
Valyuta kotirovkasi - bir valyuta bahosini boshqa valyutalarda ifodalanishining sonli yozuvi.
Valyuta kursi - milliy valyutalar o‘rtasidagi nisbat, bir mamlakat valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi.
Valyuta pozitsiyasi - bankning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabi va majburiyatlari nisbati.
Valyuta rejimi - valyuta ayirboshlash kursini aniqlash asosidagi mexanizm.
Valyuta rezervlari - xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozitsiya ko‘rinishidagi valyuta-likvid vositalarning jami.
Valyuta siyosati - mamlakatda xorijiy valyutalarning pul-kredit aylanmasini tartibga solishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimi.
Valyuta xatari - valyuta kursi o‘zgarishi oqibatida eksportyor va importyorning zarar ko‘rishi lozim bo‘lgan holati.
Valyuta cheklashlari - xorij valyutasi va boshqa qimmatli narsalar (oltin) bo‘yicha operatsiyalarni cheklash uchun yo‘naltirilgan ma’muriy va qonuniy tartibda belgilangan me‘yoriy qoidalar tizimi.
Valyutaning konvertirlanganligi - milliy valyutani xorijiy valyutalarga rezidentlar uchun ham, rezident bo‘lmaganlar uchun ham to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha almashtirish imkoniyati.
Veksel - belgilangan ko‘rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel egasi ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng belgilangan pul summasini qarzdordan talab qilishga haqlidir.
GATT - Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh kelishuv - tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‘yicha xalqaro akt.

Download 155.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling