Kvotalash - davlat tomonidan eksport va importning qiymat va jismoniy hajmini to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklash siyosati .
Kliring - qarama-qarshi tovar oqimlarida valyutadan foydalanmasdan (naqdsiz) vositachi orqali o‘zaro hisob-kitobni nazarda tutuvchi savdo operatsiyasi.
KOKOM - 1950 yilning 1 yanvarida tuzilgan. KOKOM ko‘p tomonlama eksport nazoratining muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) komitet hisoblanib, unga jahonning 16 davlati. NATOning 15 a‘zosi (Islanidiyadan tashqari) va Yaponiya a‘zodir. Vazifasi: sobiq SSSR va sotsialistik davlatlarga strategik tovarlarni sotmaslik ustidan nazoratni olib borishdir. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan.
Konversiya - harbiy sanoat kompleksi korxonalarini fuqarolarga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazish jarayoni.
Konvertirlangan (erkin almashtiriladigan) valyuta - har qanday xorijiy mamlakatlariga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi mumkin bo‘lgan valyutalar (AQSH, Kanada dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO, Yaponiya iyenasi).
Konsalting - konsalting firma tomonidan har qanday iste‘molchiga keng ko‘lamdagi maslahat xizmatlarini ko‘rsatish.
Konsern - manfaatlarning mos kelishi asosida korxonalar umumlashuvi, birlashuvining rivojlangan shakli. Konsernga kiruvchi korxonalar mustaqil korxona hisoblangani bilan yahaqiqatda yagona xo‘jalik rahbarligiga bo‘ysunadi. Konsernda konsorsiumdan farqli o‘laroq, yagona iqtisodiy siyosat yurgizish, moliyaviy manbalarning bir qismini to‘plash va ayrim boshqa vazifalar markazlashtiriladi.
Kredit kartochkasi - eletron bank tizimlari orqali tovar va xizmatlarni naqd pulsiz to‘lash instrumenti.
Kross-kurs - ikki xorijiy valyutani kesishuvchi kotirovkasi, bunda valyutalarning hech biri kursni belgilovchi bitimni imzolagan ishtirokchining milliy valyutasi bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |