Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining


Download 155.06 Kb.
bet30/46
Sana08.05.2023
Hajmi155.06 Kb.
#1445066
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Devalvatsiya - milliy valyuta kursini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirilishi (teskari jarayon - revalvatsiya).
Demping - tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda sotish. Tashqi bozorni egallash uchun mamlakatlar o‘z tovarini ba’zan ishlab chiqarish harajatlaridan ham past (arzon) baholarda chetga chiqarishi mumkin.
Dollar - dollar, birinchidan AQSH pul birligi, 100 sentga teng. 1786 yilda kumush dollar, 1965 yilda esa oltin, kumush, mis-nikelli dollar zarb qilingan. AQSH dollari xalqaro valyuta hisob-kitoblarida keng qo‘llanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5, 2, 1 dollarli qog‘oz pullar; 1 va 0.5 dollarli va 5, 2, 2 sentli mis tangalar ishlatiladi. Dollar, ikkinchidan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Liberiya, Efiopiya, Malayziya, Singapur, Bermud orollari, Britaniya Gondurasi kabi davlatlarda pul birligi hisoblanadi.
Yevro - yevropa mamlakatlari uchun hisob-kitob-to‘lov birligi bo‘lib, YIga a’zo mamlakatlar hududida EKYU o‘rniga joriy etilgan.
Yevropa valyuta tizimi (YVT) - YI a‘zolarining hududiy valyuta guruhi.
Yevropa Ittifoqi (YI) - G‘arbiy Yevropaning 25 ta davlatini birlashtiruvchi iqtisodiy va siyosiy guruh.
Yevropa tiklash va taraqqiyot banki (YTTB) - o‘z faoliyatini 1991 yili boshlandi, uning ta‘sischilari 34 mamlakat hisoblanadi. YTTBning asosiy vazifalari loyihalarni moliyalashtirish va kreditlash, xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish, iqtisodiyot tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish.
Yevropa erkin savdo uyushmasi (YESU) - Yevropadagi qator yetakchi sanoati va savdosi rivojlangan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy tashkiloti bo‘lib, 1960 yilda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tashabbusi bilan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati davlatlariga posangi sifatida tashkil topdi.
“Umumiy bozor”ga qo‘shilishi munosabati bilan 1973 yili Buyuk Britaniya va Daniya, 1986 yili Portugaliya YESUdan chiqdi. Bu uyushmaning hozirgi a‘zolari Avstriya, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shvetsariya, Finlyandiya. Kotibiyatning shtab-kvartirasi Jeneva (Shveysariya) shahridir.

Download 155.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling