Aqlli kishilarning ketib qolishi - mamlakatdan "intellektual elita" vakillarini chet elda ishga joylashish maqsadida chiqib ketishi.
Avanslash - yetkazib beriladigan tovarlar uchun importyor tomonidan oldindan haq to‘lash. Eksportyor uchun foydali o‘zaro hisob-kitob ko‘rinishi hisoblanadi.
Akkreditiv - mijozning iltimosiga ko‘ra bank tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda uchinchi shaxs (benifitsiar)ga to‘lovni amalga oshirish yoki benifitsiar tomonidan qo‘yilgan o‘tkazma vekselni (tratta) to‘lashni amalga oshirish (aksept) bo‘yicha bank majuriyati bo‘yicha bitim.
Aksept - bitim amalga oshganligini anglatuvchi ofertani qabul qilishligiga rozilik berish.
Aksiz - davlat organlari tomonidan belgilanadigan tovar bojxona qiymatiga narx qo ‘ shimchasi.
Anderrayterlar - moliya bozoridagi muvofiqlashtirilgan kurs bo‘yicha zayomni joylashtiruvchi garant kompaniyalar.
Bank o„tkazmalari - o‘tkazuvchi (to‘lovchi) talabiga muvofiq uning hisobidan oluvchi (benifitsiar) foydasiga bir bank tomonidan boshqa bankka to‘lov talablari vositasida bajariladigan hisob-kitob ko‘rinishi.
Barter - tovarni tovarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayirboshlanadigan savdo bitimi.
Bojxona boji - tovar davlat chegarasini kesib o‘tganda solinadigan maxsus pul solig‘i.
Bojxona ittifoqi - ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini o‘tkazishdir.
Bojxona tarifi - tovar oqimlarining chegarani kesib o‘tishida davlat tomonidan olinadigan soliq miqdori ko‘rsatilgan tartiblangan tovarlar ro‘yxati.
Bufer zahiralari - salbiy iqtisodiy tamoyillarning milliy iqtisodiyotga ta‘siri va favqulodda vaziyatlar uchun moddiy boyliklarning jami.
Valyuta - ma’lum bir davlatning qonun bilan o‘rnatilgan pul vositasi (milliy valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi ko‘rinishidagi jahon rezerv pullari. Xalqaro valyuta fondi va Yevropa valyuta tizimi a‘zolari tomonidan ko‘p tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |