Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


-BOB. PERSONAL AUDITI VA NAZORATI FANINING MAZMUNI


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
1-BOB. PERSONAL AUDITI VA NAZORATI FANINING MAZMUNI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI  
 
1.1. Tashkilot – audit obyekti sifatida 
 
Menejmentni  tushunishning  hozirgi  darajasi  shuni  nazarda  tutadiki,  tashkilot 
boshqaruv  faoliyatining  obyekti  hisoblanadi.  Menejmentda  “tashkilot”  tushunchasi 
ikkita mazmunga ega: 
—  tizim xo‘jalik subyekti sifatida  (korxona, jamiyat, firma, birlashma, bank, 
kompaniya va boshqa yuridik shaxslar); 
—  shu  tizimni  shakllantirish  jarayoni,  uning  elementlarini  amal  qilishi 
(taransport, omborxona, energetika xo’jaliklarida mehnatni tashkil qilish va h.z.). Bu 
holda  “tashkilot”  tushunchasi  keng  ma’noda  talqin  qilinib,  ayniqsa  “korxona 
boshqaruvini tashkil qilish” tushunchasi bilan uyg‘unlashadi.  
Personal  bilan  ishlashda  “tashkilot”  tushunchasi  ikkita  ma’noni  aniqlash  uchun 
ishlatilib, ularni albatta ajrata olish zarur: 
•  «tashkilot  –  ijtimoiy  birlik  (jamoa)  bo’lib,  uning  maqsadlari    mavjud  hamda 
tashkilot faoliyati unga yo‘naltirilgan bo‘ladi.   
Tashkilotlar  o‘z  maqsadlariga  erishishi  uchun  inson  resurslari,  xomashyo  va 
axborotlar bilan bog‘liq xarajatlar qiladilar. Tashkilot a’zolari esa uning maqsadlariga 
erishishiga ko‘maklashadilar, shuning uchun tashkilotlarning yirikligi ularning o‘ziga 
xos  xususiyatini  belgilaydi.  Undan  tashqari  tashkilotlarda  o‘z  qiziqishlariga  ega 
a’zolari,  ya’ni  akstiyadorlar,  hukumat,  tashkilot  xodimlari  va  ijtimoiy  guruhlar 
mavjud;  
•  ikkinchi  ma’nosi  ijtimoiy  birlik  yoki  jamoa  doirasidagi  tashkilotning  ham 
tuzilmaviy,  ham  jarayonli  xususiyatlari  bilan  bog‘liq.  Bu  ma’noda  jamoalar  alohida 


 
10 
holda  tashkil  etiladi.
   
Ular  boshqaruvning  alohida  shakliga  ega  bo‘lib,  lavozim 
munosabatlari,  bitta  ishchiga  rahbarlar  soni,  qoidalar  va  majburiyatlar,  qarorlarni 
qabul qilish usullari va boshqa jihatlarni o‘z ichiga oladi.   
Tashkilot  –  bu  birinchidan,  obyekt,  ikkinchidan  –  tartiblilik  va  uchinchidan  – 
faoliyat.  Shu  bilan  birga,  uchinchisi  ikkinchisini  yaratadi  va  shundan  so‘ng  natija 
sifatida birinchisi paydo bo‘ladi.  
 Insonning murakkab, ko‘p funkstiyali, dinamik tizimdagi (buni tashkilot o‘zida 
namoyon  etadi)  xatti-harakati  alohida  qonunlarga  bo‘ysunadi.  Ularni  tushunmasdan 
turib  samarali  boshqarishning  iloji  yo‘q.  Mazkur  holatda  tashkilot  a’zolarining 
shaxsiy manfaatlarini va tashkilot manfaatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ularning  mos  kelishi  yoki  farq  qilishi  pirovardida  butun  tashkiliy  tizimning 
samaradorligini yoki samarasizligini belgilab beradi (1.1-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling