Qisqacha xulosalar
Nazorat boshqaruvning funkstiyasi sifatida aniq vazifalarga yo’naltirilgan va
kadrlarga oid qarorlarni qabul qilish jarayonining tarkibiy qismidir.
Nazoratning bosh vazifasi – rejalashtirilgan va olingan natijalarni taqqoslashdir,
uning ketidan farqlanishlar tahlili va rejalarga tuzatishlar kiritish tadbirlarini ishlab
chiqish amalga oshiriladi.
Nazorat – korxona maqsadlarini belgilash, samarali korporativ boshqaruv uchun
joriy axborotlarni yig’ish va qayta ishlash tizimidir.
Iqtisodiy jihatdan nazorat – bu kuzatish va boshqarishdir. Samarali boshqarish
va kuzatish maqsadni belgilash va shu maqsadlarni amalga oshirish chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqmasdan iloji yo’q, shuning uchun nazorat rejalashtirish, tartibga
solish va kuzatish bo’yicha kompleks masalalardan iborat bo’ladi. Nazoratning
vazifasi – boshqaruv axborotlarini tayyorlash va taqdim etish yo’li bilan rahbariyatni
zarur qarorlar qabul qilishga yo’naltirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |