200
11.2. Personalga xarajatlar va ularning tuzilishi
Boshqarish va nazorat maqsadida barcha xarajatlarni 2 yo’nalishda
klassifikatsiyalanadi: mahsulot tannarxini hisoblash va foydani aniqlash uchun,
hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va rejalashtirish uchun.
Tannarx va foydani shakllantirish maqsadida xarajatlar bevosita yoki bilvosita,
asosiy yoki qoplama xarajatlar bo’lishi mumkin. Bevosita xarajatlarga asosiy
ishlovchilar yoki ishbay ishchilarning ish haqlarini kiritish mumkin, bilvosita
xarajatlarga esa vaqtinchalik ishlovchilar, yordamchi ishchilar, ma’muriyat
xodimlarining ish haqlarini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: