Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
M
V C ich i (6.10) 123 Bu yerda: V ich – ishlab chiqarish hajmi; M – bir ishlovchiga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish. Aniqroq hisob-kitoblar ishlovchilarning kategoriyalari bo’yicha alohida bajariladi. Ishbay ishchilar sonini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi: - mahsulot mehnat sig’imi; - ish vaqti jamg’armasi; - normalarni bajarilish darajasi; Vaqtbay ishchilar sonini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi: - biriktirilgan zonalardagi xizmat ko’rsatishning mehnat sig’imi; - ishchi kuchi sonining normalari; - normalangan vazifalarning mehnat sig’imi; - ish vaqti jamg’armasi. Shogirdlar sonini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi: -yangi ishchilarni tayyorlashga ehtiyoj; -o’qitishning rejaviy muddatlari; -xizmat ko’rsatish va qo’riqlash personali. Korxonaning kadrlarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyoji hisobot davri boshida umumiy ehtiyoj bilan mavjud personal o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Hisob-kitoblarda ishga chiqmasliklarga alohida e’tibor beriladi: k K K Ênv 100 (6.11.) Bu yerda: K – ishlangan kunlar soni; Kk – ishlanilishi kerak bo’lgan kunlar soni. Ishchi kadrlarga qo’shimcha ehtiyoj quyidagilarni hisobga olgan holda aniqlanadi: - ishlab chiqarish hajmining bir maromli emasligi (masalan, mavsumiy) va mos ravishda ishlovchilarning kamayishi; 124 - kadrlar qo‘nimsizligi tufayli ishlab chiqarish hajmining bir maromli emasligi va mos ravishda ishlovchilarning kamayishi; Korxonaning mutaxassis va xizmatchilarga bo‘lgan umumiy ehtiyoji quyidagi formula orqali aniqlanadi: Ke Cm A (6.12.) Bu yerda: Sm – rejalashtirilayotgan davr bo’yicha tarmoqda mavjud mutaxassislar soni; Ke – qo’shimcha ehtiyoj. Mutaxassis va xizmatchilarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyoj aniqlanganda quyidagilar hisobga olinadi: 1) Korxonaning rivojlanishi, ya’ni ishlab chiqarishning kengayishi bilan lavozimlarning o’sishi aniqlanadi: b p e A A K (6.13) Bu yerda: A r – rejalashtirilayotgan davrda mutaxassisga bo’lgan umumiy ehtiyoj; A b – bazaviy davrda mutaxassislarga bo’lgan umumiy ehtiyoj. 2) Mutaxassislar lavozimini vaqtinchalik egallab turgan amaliyotchilarni qisman almashtirish: b p e K A K (6.14.) Bu yerda: K b – mutaxassislarning bo’shab ketishlari (amaliyotchilarni hisobga olganda umumiy sonidan 2-4 foiz tashkil qiladi). 3) Rahbar va mutaxassislar lavozimini egallagan ishlovchilarning tabiiy ketishi o’rnini qoplash (kadrlar tarkibining demografik ko’rsatkichlari baholanadi, o’lim hisobga olinadi). 4) Tasdiqlangan shtatlar po’yxatidan kelib chiqilgan bo’sh ish o’rinlari va bo’shashi kutilayotgan ishlovchilar. Mutaxassisga bo’lgan ehtiyojlarni uzoq muddatli hisob-kitobi (5 yildan ortiqroq muddatga). Hisob-kitoblar uchun to’liqlik koeffitsienti olinadi va u 1 mingta 125 ishlovchiga yoki 1 mlrd. So’m ishlab chiqarish hajmiga to’g’ri keladigan mutaxassislar soni sifatida naiqlanadi. Unda mutaxassislarga bo’lgan umumiy ehtiyoj quyidagi formula orqali aniqlanadi: t i K C A (6.15.) Bu yerda: Si – ishlovchilarning o’rtacha po’yxatdagi soni; Kt – normativ bo’yicha mutaxassislar bilan to’liqlik koeffitsienti. Korxona personal bilan ishlash tizimining normativ metodik ta’minoti. Personalni boshqarish tizimining normativ metodik ta’minoti – bu quyidagi hujjatlar yig’indisidir: -tashkiliy; -tashkiliy-metodik; -tashkiliy boshqaruv; -texnik, me’yoriy-texnik, texnik-iqtisodiy va iqtisodiy. Normativ metodik hujjatlarga yana norma, qoida, talablar, tavsifnomalarni belgilovchi normativ ma’lumot materiallari ham kirib, ular mehnatni tashkil etish va personalni boshqarish bilan bog’liq vazifalarni bajarishda foydalaniladi. Bu hujjatlar tashkilot rahbariyati va tartib qoidalarni ishlab chiqaruvchi organlar tomonidan tasdiqlanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling