Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
OATB «Mikrokreditbank»da raqobat strategiyalari va taktikalaridan
Download 1,98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
2.2. OATB «Mikrokreditbank»da raqobat strategiyalari va taktikalaridan
foydalanish holati tahlili
Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o’zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristika va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g’oyatda xilma-xil bo’lishi va tovarning o’ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo’shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo’lishi, hamda firma yoki tovarga xos bo’lishi mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy bo’ladi va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo’lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi. Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin Agar raqobatli afzallik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo’lsa, u “tashqi” afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo’ladi. Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning “bozor qudratini” oshiradi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi. 42
Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya - bu differentsiatsiya strategiyasi bo’lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi. Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga asoslangan bo’lsa, bunday afzallik “ichki afzallik” deb ataladi. Ichki raqobatli afzallik - firmaga ko’proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya - bu xarajatlar bo’yicha afzallik strategiyasi bo’lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish “nou-xau”siga asoslanadi. Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo’lgan bu ikki turi ko’pincha bir-biriga to’g’ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko’nikma va madaniyatni talab qiladi. OATB “Mikrokreditbank”ning raqobatbardoshligini tahlil qilish uning birinchi navbatda uning ichki imkoniyatlari, kuchli tomonlarini aniqlashga asoslanadi. Jamiyatning asosiy raqobatchilari tumanda joylashgan qurilish mollari xususan g’isht ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi. Korxona faoliyatini baholovchi muhim ko’rsatkichlardan biri rentabellik darajalari hisoblanadi. Rentabellik ko’rsatkichlarini turli yo’nalishlar bo’yicha hisoblash mumkin xususan,tovar aylanish rentabelligi, davr(muomala) xarajatlari rentabelligi, aktivlar va xususiy kapital rentabelligi va boshqalar. Rentabellik ko’rsatkichlari har qanday tadbirkorlik faoliyatining baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. Rentabellik ko’rsatkichi sof foydaning alohida moliyaviy ko’rsatkichlarga bo’lish orqali hisoblanadi. Bunda ushbu moliyaviy ko’rsatkichlarning sarflanishi natijasida qanday samaradorlikka erishilganini anglash mumkin.
43
2012 yilda OATB «Mikrokreditbank» bir qator xalqaro moliyaviy institutlar bilan samarali hamkorlikni davom ettirdi. Bankning muvaffaqiyatli faoliyati mashhur xalqaro reyting agentliklari va moliyaviy-tahliliy nashrlar muntazam e’lon qiladigan obro’li reyting-varaqlarida o’z aksini topadi. «Fitch Ratings» va «Ekspert RA» (Rossiya) agentliklari Bankka reyting kredit layoqatining barqaror va istiqbolli prognozlari bo’lgan darajasini belgilaganlar. Hisobot yilida Xitoy Davlat rivojlanish banki bilan OAJ «Farg’onaazot» loyihasini moliyalashtirish uchun 8,5 mln. AQSH doll. miqdorida Qarz Bitimi imzolangan edi. SHuningdek Xitoyning Eksport-import banki bilan 2012 yilda kichik va xususiy tadbirkorlikning loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ajratish to’g’risida kelishuvga erishildi. «DEU kapital» korporatsiyasi (Janubiy Koreya) va «Tsentrinvestkapital» banki (Rossiya) bilan hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolangan, ular bilan birgalikdagi investitsion faoliyat, yangi bank xizmatlarini joriy etishning istiqbollari ko’rib chiqilmoqda. Islom Taraqqiyot banki va kichik biznes vakillari – OATB “Mikrokreditbank”ning mijozlari o’rtasida «O’zbekiston tijorat banklari uchun global moliyalashtirish liniyasi» bo’yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun Agentlik va Lizing bitimlari imzolangan. Bundan tashqari, Bank mavjud va yangi hamkorlari bilan – AQSH, Osiyo va Evropaning xalqaro moliyaviy institutlari va etakchi banklari, jumladan Jahon Tiklanish va Taraqqiyot banki (JTTB), Landesbank, Commerzbank, HVB, KfW, Dresdnerbank, JP Morgan Chase, Barclays Commercial Bank, VSR, KBC, HSBC, American Express Bank, UBS, Citigroup, BNP Paribas, Xususiy Sohani rivojlantirish bo’yticha Islom Korporatsiyasi, «Renessans Kapital» moliyaviy guruhi, «LFS Financial Systems» Konsalting guruhi, Mizuho Bank Ltd, Sumitomo Banking Corporation va boshqalar bilan faol hamkorlikni davom ettirdi. 44
Eksport-sug’urta agentliklari HERMES (Germaniya), SACE (Italiya), EGAP (Chexiya), SINOSURE (KNR), Mehib (Vengriya), OeKB (Avstriya), ODL (Lyuksemburg) va OND (Belgiya) bilan hamkorlikning yuksak sur’atlari tutib turilmoqda. OATB “Mikrokreditbank” etakchi xorijiy va respublika kredit, moliyaviy tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilib, o’z mijozlariga xalqaro hisob-kitoblar sohasida xizmatlarning keng ko’lamini taklif etadi, mijozlarga qulayroq xizmat ko’rsatish sharoitlarni ta’minlaydi. OATB “Mikrokreditbank” 350 dan ortiq vakil banklarga ega, jumladan 50 dan ortiq davlatlarda 338 xorijiy banklarga ega, ularning ichida UBS AG, Dresdner Bank AG, Deutsche Bank AG, Citibank N.A., JP Morgan Chase Bank, American Express Bank Ltd., Credit Suisse, BNP Paribas S.A. kabi birinchi darajali Evropa va Amerika banklari bor.OATB “Mikrokreditbank” respublikaning muvaffaqiyatli, chet elda tan olingan banklaridan biri bo’lib, mijozlariga tashqi iqtisodiy faoliyati yuzasidan majmuaviy xizmat ko’rsatish, malakali maslahat berishni taklif qiladi, zarur bo’lganda esa individual hisob- kitob sxemalarini ishlab chiqadi, bular uning xalqaro moliyaviy bozorlaridagi yuqori ish obro’sidan dalolat beradi. Bank tizimidagi asosiy mijozlar neft-gaz, yonilg’i, kimyoviy sanoat korxonalari, shuningdek energetika, mashinasozlik va qurilish korxonalaridir. 2012 yil mobaynidaOATB “Mikrokreditbank” tizimida umumiy qiymati 7 333,8 mln. AQSHdollari bo’lgan 3635 ta eksport kontraktlari ro’yxatga olindi. Ichki valyuta bozoridagi asosiy manbalar valyuta tushumining 50 % lik majburiy sotilishi va Bankning jalb etilgan mablag’lari bo’lganligini hisobga olib, bank eksport tushumini oshirish va majburiy sotish prognozini bajarish choralariga katta ahamiyat berildi. 2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra valyuta tushumi 647,5 mln. AQSH doll.ni tashkil etdi va 196,6 mln. AQSH doll. miqdorida majburiy sotilishi amalga oshirilgan, bu esa belgilangan prognozdan 101,6% ni tashkil etadi. Prognoz 101,6% ga bajarilgan. 2012 yilda eksportyor mijozlarga xizmat ko’rsatish Bank uchunasosiy ustuvor yo’nalish bo’lgan,
45
chunki bozorning ushbu qismi respublikaning eksport salohiyati ortishiga olib keladi. Hujjatli operatsiyalar bank tizimining xalqaro hisob-kitoblari sohasida muhim asbob bo’ladi. Bunda akkreditivlar kontragentlar o’rtasida munosabatlarni yo’lga qo’yishda muhim o’rin tutadi va chet el davlatlari bilan ishlar uchun juda ishonchli rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. 2012 yilda eksport va importakkreditivlarining hajmi ancha ortgan. Xorijiy banklar bilan
birga, 2007
yil1 iyuldan
boshlab, OATB
“Mikrokreditbank”Hujjatli akkreditivlar uchun Unifikatsiyalangan qoidalar va odatlarning yangi turiga tayanadi, nashr MTP №600, Parij – 2007 yil tahriri. Bankning ishonchli hamkor sifatida barqaror obro’si tufayli, uning akkreditiv va inkassalari jahonning barcha etakchi banklari tomonidan miqdori 420 mln. AQSH doll.dan ortiq bo’lgan bankning limitlari va kredit liniyalari hisobiga qabul qilinadi (jumladan 30mln. AQSH doll. miqdoridagi eksport akkreditivlar). Vakil banklarning keng tarmog’i va zamonaviy aloqa vositalari hujjatli operatsiyalarni eng qisqa muddatlarda amalga oshirishga imkon beradi. Qoplangan tasdiqlangan akkreditivlar chiqarilganda xorijiy banklardan «kick- back» shaklida daromad olishning moslashuvchan tizimi yo’lga qo’yilgan. Hisob-kitoblarning hujjatli shakllarini qo’llash hisobiga operatsiyalar samarasini oshirish OATB“Mikrokreditbank” mijozlariga va vakil banklariga biznes bo’yicha yangi hamkorlarni jalb etish, o’z savdo-iqtisodiy faoliyatini kengaytirish va amalga oshiriladigan operatsiyalarning hajmini oshirish imkoniyatini yaratmoqda. Borgan sari ko’proq xorijiy banklar, ayniqsa Rossiya, Evropa va Xitoyning eng yirik banklari hujjatli operatsiyalar sohasida OATB “Mikrokreditbank” bilan ishlash niyatini bildirmoqda. 2012 yilda hujjatli operatsiyalar bo’yicha ishlash IABS avtomatlashtirilgan bank tizimi orqali yo’lga qo’yilgan va rivojlandi. Hujjatli operatsiyalar bo’yicha xizmatlarni taqdim etish bo’yicha asosiy ishlar O’zbekneftgaz va uning bo’linmalari, O’zkimyosanoat, SHo’rtan y.X.K., Farg’onaazot, Maksam 46
Chirchiq, Qizilqumtsement, B.N.Q.I.Z., Toshavtobustrans, O’zbekenergo va uning bo’linmalari, Royson Elektroniks, Ammofos va boshqalar kabi yirik mijozlar bilan amalga oshiriladi. 2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra 318 mln. dan ortiq AQSH doll. miqdorida import akkreditivlari, 24 mln. dan ortiq AQSH doll. miqdorida eksport akkreditivlari ochilgan, 2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra esa ochiq import akkreditivlarning miqdori 325 mln. AQSH doll.dan, ochiq eksport akkreditivlari esa - 30 mln. AQSH doll.dan oshdi. Bitimlar miqdorining ortishga moyilligi sezilmoqda. Mijozlar topshirig’i bo’yicha hujjatli operatsiyalar AQSH doll., Evro, Rossiya rubllari, ingliz funt sterlinglari va Yaponiya yenalarida amalga oshiriladi.
Download 1,98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling