2.1.3-jadval
Bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari
Aktivlarning
rentabelligi
Foyda/O’rtacha muvozanatli aktivlar
2,3%
Foiz marjasi
(Foizli
daromadlar
–
foizli
xarajatlar)/O’rtacha muvozanatli daromad
keltiruvchi aktivlar
4,03 %
Kapitalning
rentabelligi
Foyda/kapitalning o’rtacha qiymati
66,0 %
Ishlayotgan
aktivlarning ulushi
Daromad keltiruvchi aktivlar / Bankning
jami aktivlari
73,9%
Leveraj
I darajali kapital / (Jami aktivlar –
Nomoddiy aktivlarning umumiy qiymati)
0,103
Manba: OATB “Mikrokreditbank” 2012 yil hisobot ma’lumotlari
Butun o’tgan davr mobaynida, Bank har oy mijozlarning jalb etilgan
mablag’larining bir qismini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi
majburiy rezervlar fondiga o’z vaqtida va to’liq o’tkazish yuzasidan talablarini
to’liq hajmda bajarib kelgan. Majburiy rezervlar Fondiga o’tkazilgan ushbu
mablag’larning miqdori 01.01.2013 yilga kelib 83,3 mlrd.so’mni tashkil etdi
(01.01.2012 yilda – 62,3 mlrd.so’m). Majburiy rezervlar Fondiga o’tkaziladigan
pul mablag’larining hajmi ortishi majburiyatlar bo’yicha chegirmalar
me’yorining 2012 yil davomida 13% dan 15% gacha ortishi bilan belgilab
berilgandi.
Hisobot yilida Bank depozit bozorini faol o’zlashtirishni davom etdi va
resurslarni jalb etish dasturini tubdan yangi darajaga olib chiqdi.
39
01.01.2013 yil holatiga moliyaviy resurslarning umumiy hajmi 1459,8
mlrd.so’m miqdorida tarkib topdi. Bankning resurslarida eng katta ulushni
yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari 51,1% (746,2 mlrd.so’m) egalladi,
yil boshiga qaraganda u 159,3 mlrd.so’mga o’sdi. Bankning hisoblarida
joylashtirilgan korxonalar va tashkilotlarning pul mablag’lari 127,9
mlrd.so’mga, fuqarolar mablag’lari – 31,4 mlrd.so’mga o’sdi.
19
2.1.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |