OATB “Mikrokreditbank” 2012 yil hisoboti. 2-bet
OATB “Mikrokreditbank” 2012 yil hisoboti. 3-bet
35
Bankning amaliy iqtisodiyot sohasidagi korxonalarni qo’llab-quvvatlash
dasturidagi faolligi ham iqtisodiy o’sish sur’atlari va makroiqtisodiy
muvozanatlanish barqarorligini, eksportyorlar, sanoatning etakchi sohalari va
kichik biznes korxonalarining maqsadli qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishni
ta’minladi, aholining ish bilan bandligiga ko’maklashdi.
Halqaro “Fitch Reyting” reyting kompaniyasi xulosasiga va Mahalliy
banklararo reyting kompaniyasini “Axbor-Reyting” xulosasiga ko’ra
“Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining 2012 yil faoliyati natijalari
B+++ pog’onasi bilan baholandi.
Reyting kompaniyasi "Mikrokreditbank" ochiq aktsiyadorlik tijorat bankini
kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy
xizmatlar ko’rsatuvchi eng yirik banklardan biri sifatida e’tirof etdi.
SHuningdek, "Mikrokreditbank" ochiq aktsiyadorlik tijorat banki
Respublikamizdagi boshqa tijorat banklariga nisbatan:
moliyaviy majburiyatlarni to’liq va o’z vaqtida bajarish bo’yicha yuqori
qobiliyatli;
xizmat ko’rsatish infrastrukturasini shakllanganligi nuqtai-nazaridan
keng qamrovli xizmat ko’rsatuvchi;
bank kapitali darajasi yuqoriligi, yirik banklar qatorida sanalishi va doim
ishonchli mijozlar doirasini kengaytirishga qaratilgan faoliyatni olib boruvchi
bank sifatida tavsiflanadi.
Bugungi kunda bank Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari
orasida o’zining obro’-e’tiborini yanada oshirib borish va uning barqarorligini
ta’minlash maqsadida oqilona boshqaruv siyosatini olib boradi.
Bankrot korxonalarning rekonstruktsiyasi va modernizatsiyasi, ishlab
chiqarish aktivlarini moliyaviy sog’lomlashtirish, texnik va texnologik qayta
jihozlash loyihalari oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardandir.
Shu bois, raqobatbardosh, import o’rnini bosuvchi va eksport uchun
mo’ljallangan mahsulotni chiqarishni ko’zda tutgan loyihalarga alohida e’tibor
berilmoqda. Bankrot deb e’lon qilingan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy
36
sog’lomlashtirish yuzasidan choralar to’plami ishlab chiqilgan va bu bo’yicha
muayyan ishlar olib borilmoqda.
2.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: