Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
1.3.3-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi
rejalashtirish jarayoni. 13
Ko’rinib turibdiki, sanab o’tilgan boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun ishonchli savdo istiqbollariga ega bo’lish lozim.
Ko’pincha strategik rejaga firma uchun hayotiy muhim bo’lgan omillarga qaratilgan “favqulodda vaziyatlar rejasi” qo’shimcha qilinadi.
13 Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing-2. –T.:TDIU, 2010. 29
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo’lib, unga qo’yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik rejalashtirishda o’rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bulib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi buyicha ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning xozirgi xolatiga baxo berish, korxona imkoniyatlari va xavf- xatarlari ifodalanadi. Taktik rejalarda o’tgan yildagi ko’rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar oboroti ko’rsatkichidan o’sish, ustunlikka ega bo’lish mo’ljallansa, bu o’sishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag’batlantirish, reklama va boshqalar) xam keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti, iste’molchilarning zarurati, raqobatchilar va mol taqsimoti yo’llari ko’rsatib beriladi. Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona raxbariyati bularni doim diqqat markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta’siri oldini olish choralarini izlashi kerak. Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi, raqobatchilar o’rtasidagi mavqeihisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish hajmi oshayotgan bo’lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar oboroti oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga bo’lishi mumkin. Raxbariyat korxonaning bozordagi ulushi o’zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va aksincha. Raqobatda korxona o’z mavqeiga va boshqa safdosh raqobatchilar mavqeiga baho berishi strategiyani baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
30
Strategiyani baholash va firma mavqeini aniqlashda bir qator uslublar mavjud bo’lib ular ichida eng keng tarqalgan Portfolio uslublari yig’indisi hisoblanadi. Dastlabki uslub “Boston konsalting grupp”ning tahliliy matritsasi hisoblanadi. Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o’zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristika va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g’oyatda xilma-xil bo’lishi va tovarning o’ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo’shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo’lishi, hamda firma yoki tovarga xos bo’lishi mumkin. Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin Agar raqobatli afzallik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo’lsa, u “tashqi” afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo’ladi. Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning “bozor qudratini” oshiradi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi. Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya - bu differentsiatsiya strategiyasi bo’lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi. Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga asoslangan bo’lsa, bunday afzallik “ichki afzallik” deb ataladi. Ichki raqobatli afzallik - firmaga ko’proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir.
31
Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo’lgan bu ikki turi ko’pincha bir-biriga to’g’ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko’nikma va madaniyatni talab qiladi. 1.3.4-chizmada raqobatli afzallikning quyidagi ikki savoldan foydalangan holda aniqlash mumkin bo’lgan ikkala jihati ko’rsatilgan.
Maksimal maqbul sotish narxi (EXR ga nisbatan % da) EXR - eng xavfli raqobatchi Ideal zona
Tannarx (EXR ga nisbatan % da) Halokatli vaziyat
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling