1 – bob bo’yicha xulosalar.
Firmaning raqobat strategiyasi va taktikasi bir muncha qiyin va
mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat. U aniq sharoitda va o’zgarishlar ta’sirida
oydinlashtirilib orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa
muddatda, tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda,
tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko’ra) uslublar yig’indisi -
taktikasi tarzida ushbu strategiyani amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda,
marketing strategiyasi o’zaro bir-biri bilan asoslangan besh asosiy jihat bilan
tavsiflanadi: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag’ va muddatlarni tanlash,
samaradorlikni
nazorat
qilish,
muqobil
strategiyani
tanlashdan
iboratdir.Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o’zining bevosita
raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristika va
xususiyatlaridir. Bunday afzallik nisbiy bo’ladi va tovar bozorida yoki bozor
segmentida eng yaxshi mavqega ega bo’lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi.
Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.
Raqobatda korxona o’z mavqeiga va boshqa safdosh raqobatchilar
mavqeiga baho berishi strategiyani baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Strategiyani baholash va firma mavqeini aniqlashda bir qator uslublar mavjud
bo’lib ular ichida eng keng tarqalgan Portfolio uslublari yig’indisi hisoblanadi.
Dastlabki uslub “Boston konsalting grupp”ning tahliliy matritsasi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining keyingi bobida OATB “Mikrokreditbank”da
raqobat strategiyasi va taktikasidan foydalanish holati taxlil qilinadi.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |