Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
-bob. OATB «Mikrokreditbank»da raqobat strategiyasi va taktikasidan
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
2-bob. OATB «Mikrokreditbank»da raqobat strategiyasi va taktikasidan
foydalanish holati 2.1. OATB «Mikrokreditbank»ning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik-tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank aktsiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to’g’risida" 2006 yil 5 maydagi PF-3750-son Farmoni bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi №78- sonli qarori bilan tashkil etgan. Ochiq aktsiyadorlik-tijorat "Mikrokreditbank" O’zbekistondagi etakchi universal tijorat banklaridan biri hisoblanadi 15 . "Mikrokreditbank"ning asossiy vazifalari: Firma, kompaniya, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, fermer va dehqon xo’jaliklariga o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko’lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko’rsatish; Mikrokreditlar berish hamda mikrolizing yo’li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash xisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko’maklashish; Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to’lash bo’yicha majburiyatlari ta’minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta’minlash; Mikrokredit berish va mikrolizing bo’yicha xizmatlar ko’rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya intsitutlari hamda etakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etish; Ayniqsa qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga xizmat ko’rsatish uchun qo’shimcha imkoniyatlarni ta’minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada
15 www.mikrokreditbank.uz - "Mikrokreditbank"ning rasmiy sayti ma’lumotlari.
34
rivojlantirish. 16
Yillar davomida Bank uchun an’anaviy bo’lgan amaldagi soha korxonalariga xizmat ko’rsatish yo’nalishi saqlanib kelmoqda, moliyaviy bozorning ustuvor sohalarida ishtiroki kengaytirilib, xususiy va chakana mijozlarga xizmat ko’rsatish faol rivojlanmoqda. Hisobot yilida kapitallashtirish darajasini ko’paytirish, uzoq muddatli resurslar bazasini o’stirishga erishildi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbankning kapitallashtirish darajasini yanada oshirish choralari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq 65,4 mlrd. so’mlik qo’shimcha aktsiyalarning emissiya qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu aktsiyalar emissiyasini joylashtirish natijasida 01.01.2013 yilga kelib Bankning ustav kapitali miqdori 100 mlrd. so’mgacha etdi va u bir yil ichida 2,9 baravar oshirildi. Bankning ushbu emissiyasi aktsiyalari Moliya vazirligi, Tiklanish va Taraqqiyot fondi va aktsiyadorlar – sanoatning asosiy tarmoqlari korxonalari tomonidan sotib olingan. Jami kapital 167,6 mlrd. so’mgacha yoki oldingi yilga nisbatan 89,2% ga ortdi. 17
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling