Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
strategiyasi
Manba: Pod red. Lvova D.S.,Granberg A.G. Strategicheskoe upravlenie: region, gorod, predpriyatie. M.:ZAO «Ekonomika», 2011.
Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi, ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday firmalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq: Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar: Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi: Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar quyidagicha bo’ladi: Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi.Yangi firma esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.) Рақобат стратегияси
73
Hozirgi kunda raqobat kurashida ustunlik bunday raqobatda emas, balki baholardan tashqari raqobatdadir. Chunki, hozirgi kunda iste’molchilar ko’pincha mahsulotniig bahosiga emas, balki birinchi navbatda (tovarning) foydali fazilatlariga ahamiyat berishadi va shu fazilatlar ma’qul kelsa, tovar uchun ko’proq pul to’lashga ham tayyor bo’ladilar. Tovarning sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardandir. Tovarning sifati o’z ichiga ko’plab elementlarni oladi. Bular birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni sifatida va foydalanish xususiyatlari. Bular o’z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig’imikabi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Keyingi vaktlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko’rsatkichlari ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chikarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va miqdori, ilg’or tajriba natijalariga javob beruvchi va alohida xususiyatlari. Muayyan bir mamlakatning raqobatdoshligini baholash ko’p sonli ma’lumotlarni yig’ish, guruhlash, umumlashtirish asosida raqobatdoshlik ko’rsatkichlarini asosiy omillar bo’yicha hisoblashni ko’zda tutadi. Keyin barcha omillarning raqobatdoshlik ko’rsatkichiga qo’shgan hissasini aks ettiradigan agregat indeks va subindekslar hisoblanadi. Zamonaviy milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini aniqlash metodikasida 12 ta asosiy omil ajratib ko’rsatiladi. Qayd etib o’tilgan omillar uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruh bazaviy talablarni o’z ichiga oladi, ikkinchi guruh biznes muhit samaradorligini oshiradigan omillarni qamrab oladi, uchinchi guruh esa biznesni
74
takomillashtirish omillarini birlashtiradi. Har bir guruh muayyan subindekslar bilan tavsiflanadi. Subindekslarni hisoblayotgan vaqtda har bir guruhning vazni quyidagicha belgilanadi: birinchi guruh – 25foiz, ikkinchi guruh – 17 foiz, uchinchi guruh – 50 foiz (3.2.1-jadval).
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling