Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
BANK XIZMATLARI
KO’RSATISh MENEJMENT MARKETING SOTISh BANK RAQOBATBARDOShLIGI 61
iqtisodiyotning fundamental muammolaridan biri. Uning echimi bank daromadiga, ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga bozor munosabatlariga muvofiqlashishi va iqtisodiy o’sishga bog’liq.. raqobat bir tomondan bozor iqtisodiyotini tartibga solishning va korxonalarning moliyaviy nuqtai nazardan bozor
munosabatlariga moslashashuviva tanlanishining samarali mexanizmlaridan biri sifatida qaraladi, boshqa tomondan esa bir turdagi maxsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuqori daromad olish maqsadida bozorni egallashga qaratilgan iqtisodiy kurashidir 27 .
Tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi mamlakatlarning asosiy iqtisodiy xavfsizligi bo’lib qolmoqda. Yaqin o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, moliyalashtirish, malakali texnik kadrlar va investitsiyalarning etishmasligi, takror ishlab chiqarish jarayoniga o’z ta’sirini o’tkazib kelgan edi. Bugungi kunda mamlakatimiz arzon va malakali ishchi kuchi, ulkan tabiiy boyliklari bilan raqobatbardoshligini oshirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarda milliy iqtisodiyotlarda asosiy e’tibor bank va bank xizmatlarining raqobatbardoshligiga qaratilishi shubxasiz. Bu muammo eng birinchi navbatda davlat siyosati darajasiga kutariladi. Jahon iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bank- moliya tizimi faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash alohida muhim ahamiyat kasb etadi. ... Bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda va bu o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon
tomirlari hisoblanadi,
27 Makkonell, K.R. S.L. Bryu “Ekonomiks: printsipi, problemi i politika” per. s angl. – M.: Respublika, 2001. – 400s 62
mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog’liq 28 . Banklarning raqobatbardoshligini ta’minlash nafaqat maxalliy axamiyatga ega bo’lmasdan global muammodir. Xozirgi kunda raqobatbardoshlikning umum tan olingan tarifi majud emas. Banklar uchun raqobatbardoshlik jaxon bozorida global strategiyaga ega bo’lgandagina raqobatlasha olish ma’nosini anglatadi. Ko’pgina tadqiqotchilar uchun raqobatbardoshlik -bu mamlakatning ijobiy tashqi savdo balansi sifatida tushuniladi. Ba’zi iqtisodchilar uchun raqobatbardoshlik maxsulot birligiga sarflangan eng kam ishlab chiqarish xarajatlarining ayriboshlash qiymati sifatida tushuniladi. Raqobatbardoshlik kontseptsiyasi qanday
izoxlanishiga qaramaylik, mamlakat ichida
raqobatbardoshlik-bu bank xizmatlarining maxsuldorligidir 29 . Bozor munosabatlari sharoitida banklarning barqarorligi va xayotiy tsikli ularning raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Ushbu mezonlarni tahlili, baxolanishi va prognoz qilinishiga yanada zaruriyat tug’iladi. Chunki raqobat kurashida albatta o’z raqobat pozitsiyasini tahlil qila olgan korxonagina yutib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina boshqarish jarayonida yangi samarali mexanizmlarni qo’llay oladigan va tez moslasha oladigan raqobatbardosh banklargina faoliyat yurita oladi. Asosiy vazifa uning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uni boshqarishga qaratiladi. Jahon bozorida raqobatbardoshlikni oshirish tadbirlarini baholashning moliyaviy mezonlari jahon bozorida raqobat strategiyasi, tarmoqning tuzilishi va uning o’zgarish jarayonlarini har tomonlama tushunishga asoslanishi kerak. Iqtisodiyotning har qanday tarmog’ida, u faqat ichki bozorda yoki tashqi bozorda ham faoliyat ko’rsatishidan qat’i nazar, raqobatning mohiyati beshta kuch bilan ifodalanadi: 1) yangi raqobatchilarning paydo bo’lish xavfi; 2) o’rnini bosadigan tovarlar yoki xizmatlar paydo bo’lish xavfi; 3) butlovchi
28 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009 y 29 Shumpeter, I. Teoriya ekonomicheskogo razvitiya / I. Shumpeter; per. s nem. – M.: Progress, 2000 – 455 s. 63
qismlar va shu kabilarni etkazib beruvchilarning savdolashish layoqati; 4) xaridorlarning savdolashish layoqati; 5) mavjud bo’lgan raqobatchilarning raqobatchiligi Bu beshala kuchdan har birining kattaligi tarmoqdan tarmoqqa qarab o’zgarib boraveradi va oqibatda tarmoqlarning foydaliligini aniqlab beradi. Bu kuchlarning harakati qulay shakllanadigan tarmoqlarda ko’p sonli raqobatchilar qo’yilgan kapitaldan yuqori foyda olishlari mumkin. Bir yoki bir nechta kuch noqulay ta’sir qiladigan tarmoqlarda esa kamdan-kam firmalar uzoq muddat davomida yuqori foydani saqlab qoilishlari mumkin. Raqobatning besh kuchi tarmoqning foydaliligini belgilab beradi, chunki ular firmalar o’rnatadigan narxlarga, firmalar qiladigan xarajatlarga, ushbu tarmoqda razobat qilish uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar hajmiga ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorida firmalar o’z strategiyalari orqali bu beshta kuchni u yoki bu tomonga o’zgartirib yuborishlari mumkin. Masalan, aviakompaniyalarda kompyuer axborot tizimlarini kiritish yangi raqobatchilarning paydo bo’lishini qiyinlashtiradi. Chunki bunday tizimi millionlab dollarga tushishi mumkin. Jahon bozoridagi raqobatda tarmoq tuzilishi muhimligining yana bir sababi shundan iboratki, tuzilishning o’zgarishi mamlakat uchun yangi tarmoqlarga kirib borishga real imkoniyat yaratadi. Raqobat ustunligini yaratishda global strategiyalar roliga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki bu strategiyalar firmalar, mamlakatlarining rolini butunlay o’zgartirib yuboradi. Raqobat strategiyasining asosiy printsiplaridan boshlaymiz. Ichki va tashqi bozorlardagi raqobatda ko’plab printsiplar mos keladi. SHundan so’ng global raqobatchilik orqali raqobat ustunligining kuchayish usullarini ko’rib chiqamiz. Raqobatning tabiatini tushunish uchun asosiy birlik tarmoq, ya’ni tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqaruvchi va o’zaro raqobatlashayotgan raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Strategik muhim tarmoq raqobat ustunligining o’xshash manbalariga ega mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Bunga misol – faks texnikasi, polietilen, uzoq masofalarga yuk tashish uchun og’ir yuk mashinalari va bosim
64
ostida plastmassa quyish uskunalari ishlab chiqarishdir. Amaliyotda taromqlar o’rtasidagi chegaralar har doim ancha nisbiydir. Jahon bozorida raqobat ustunligi strategiyasini ishlab chiqa turib, firmalar o’z tarmog’ida foydali ravishda va uzoq muddat raqobatlashish usulini topshi va mujassamlashtirishga harakat qiladilar. Jahon bozorida universal raqobat strategiyasi mavjud emas, balki sanoatning muayyan tarmog’i, aniq firma ega bo’lgan ko’nikmalar va kapital sharoitlari bilan muvofiqlashgan strategiyagina muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Jahon bozorida raqobat ustunligini tanlashni ikkita holat belgilab beradi. Birinchisi – firma faoliyat ko’rsatayotgan taromqning tuzilishi. Turli tarmoqlardagi raqobat mohiyatan bir-biridan keskin farqlanadi va turli tarmoqlarda uzoq muddat davomida foyda olish ehtimoli bir xil emas. Masalan, foydalilik farmatsevtika sanoatida va kosmetika ishlab chiqarishda juda yuqori, po’lat va ba’zi kiyim turlarini ishlab chiqarishda esa unday emas. Ikkinchi asosiy holat bu – firma tarmoq doirasida egallagan mavqedir. Ba’zi pozitsiyalar tarmoqdagi o’rtacha foydalilikdan qat’i nazar, boshqalariga qaraganda foydaliroq. Bu holatlardan har biri o’z-o’zicha strategiyani tanlab olish uchun etarli emas. Jahon bozoridagi raqobat holatning sezilarli o’zgarishi o’z navbatida tarmoq tuzilishida o’zgarishlar yoki raqobat ustunligi uchun yangi asoslar paydo bo’lishini keltirib chiqaradi. Tashqi bozorga chiqish zaruriyati kompaniya umumiy strategiyasining tarkibiy qismi bo’lib ulgurgandan so’ng, ushbu jarayonning keyingi bosqichi- bozorga kirish strategiyasining optimal variantini tanlashdan iboratdir. Muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda, bunday tanlov turli omillar bilan aniqlanadi: kompaniya patentlar bilan himoyalangan, noyob mahsulotga ega bo’lishidan tortib to yangi chet el bozorlarini o’zlashtirishga qaratilgan chet el operatsiyalarni amalga oshirishdan moliyaviy mablag’largacha. Chet el bozoriga kirib borishning har bir tashqi iqtisodiy strategiyasi o’z ustunliklari, kamchiliklari va cheklanishlariga ega bo’ladi. Eksport-import operatsiyalari mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki sotish uchun chet elga olib chiqishdan iborat. Eksport qiluvchi kompaniya eksportni o’z kuchi
65
bilan to’g’ridan tug’ri hamda eksport yoki import qiluvchi mamlakatda joylashgan savdo eksport kompaniyalari, distribyutorlar va savdo agentlari kabi vositachilar orqali amalga oshirishi mumkin. Eksport operatsiyalarini mustaqil amalga oshirishning asosiy ustunligi faoliyatning barcha bosqichlarida to’liq nazoratni saqlab qolish va vositachilik xaqlarini tejashdan iboratdir. Bu usul ko’pgina kamchiliklarga ham ega bo’lib, eksport qiluvchi kompaniyadan chet el bozorlaridagi qimmatbaho ishtirokni, distribyutorlar tarmog’ini yaratish va ularning ishini muvofiqlashtirishni, har tomonlama bilimlarni va katta moliyaviy resurslarni talab qiladi. "Qaymog’ini olish" va bozorga "kirib kelish" strategiyalari. "Qaymog’ini olish" strategiyasi yangi tovarlar uchun baho yuqori darajada belgilanadi. Bozor o’zlashtirilib asta-sekin to’yinishidan so’ng esa iste’mochilarni yanada jalb etish maqsadida baho tushiriladi, tovarlarga arzonroq baho belgilanadi. "Qaymog’ini olish" strategiyasi yaxshi natija berishi uchun tovarlarga bo’lgan talab narxlarga qisman ta’sirchan bo’lishi; xaridorlar mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan kam xabardor va shu sababli belgilangan summani to’lashga tayyor turishga; bozorda tovarga raqobat bo’lmasligi; bozor doirasida narx segmentlari mavjud bo’lib, ular muayyan chegaralarda narxni o’zgartirib turishda imkon berishi lozim. "Qaymog’ini olish" strategiyasi firmaga barcha xarajatlarni tez va to’liq qoplash imkonini beradi. Bu siyosatning kamchiligi yuqori narxlar foyda beradi va raqiblar sonini ko’paytirib yuboradi, chunki unga qiziquvchilar soni ko’payib ketadi. SHuni ham yodda tutmoq lozimki, baholar g’oyat yuqori bo’lsa, bunday tovar bozorda yaxshi o’tmasligi mumkin, Chunki u xaridorni cho’chitib yuboradi. Bu siyosat marketing faoliyatida ma’lum o’zgarishlar va sharoitga moslashishlarini amalga oshirish zaruriyatini qo’yadi. Masalan, narxlarning pasayib borishiga qarab, reklama qilish tartibi, tarkibi ham o’zgarib boradi, sotish usullari o’zgaradi, taqsimlash tarkibi yirik magazinlardan ken iste’mol tovarlari sotiladigan savda shaqobchalariga o’tkaziladi. "Kirib olish" strategiyasi past narxlarni joriy qilish va katta hajmli tovar oborotini amalga oshirishga haratilgan siyosatdir. Bunda tovarlarga past baho
66
belgilanadi. Oqibatda tovarlarning sotish hajmini keskin oshirib, tovarni yuqori narxlarda sotishga haraganda ko’proq to’liq daromad keltiradi deb hisob yuritiladi. "Kirib olish" ko’proq bozor narx segmentlariga bo’linmagan va yuqori narxli tovarlarni xarid qilishga tayyor bo’lmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bu siyosatni ijtimoiy mavqeini qiyofa-razmini bermaydigan yangi tovarlarga nisbatan qo’llash lozim. "Kirib olish" strategiyasi firmalar past narxlarni qo’llab bozorda raqobatchilari ustidan g’alaba qozonadilar, ammo arzon narxlar strategiyasida zarar ko’rmaslik nuqtasiga etish uchun ko’p miqdorda tovar sotilishi kerak. Tovarlarni joriy etish jarayonida esa arzon narxlar ziyon ko’rishga olib kelishi aniq. Buning uchun tovar sotish bazorlarini kengaytirish, yangi segmentlarni aniqlash lozim. Demak, "qaymog’ini olish" qimmat narxlar, "kirib olish" esa arzon narxlar siyosatidir. Ular narx belgilashning favqulodda namoyon bo’lishidir. Biroq, har ikkala strategiya ham ma’lum zaruriy sharoit - ma’lum vaqt va ma’lum muddatda, ya’ni kerakli joyda va joyida qo’llanilsa, yaxshi samara berishi ma’lum, aks holda ular katta to’g’rilab bo’lmas zarar va qiyinchiliklarga olib keladi. Ma’lum firma va kompaniyalar faqat "qaymog’ini olish" yoki faqat "kirib olish" strategiyasi, ayrimlari ularni birgalikda kombinatsiyalashtirib qo’llaydilar. Narxlarni belgilashda "raqobatda g’olib kelish" strategiyasi ham qo’llaniladi. Bu strategiya bozorga "kirib olish" strategiyasining boshqa bir ko’rinishi bo’lib, uning maqsadi yana chuqurroq masalaga - potentsial kelajak raqobatchining bozorga kirib kelishini oldini olishga qaratilgan. Uning vazifasi bozorda raqobatchi korxona paydo bo’lgunga qadar ko’proq tovarni sotishga erishish, xaridorlarning halbiga o’rnashib olib, yangi raqobatchi korxonaga yo’l bermaslik tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Bu siyosat baholarni iloji boricha tannarxga yaqinroq darajada belgilashni taqozo etadi. Buning ma’nosi, olinadigan foyda miqdori kam bo’ladi va demak firmalar bozorda harakat qilmog’i va ko’proq foyda olish uchun katta hajmdagi tovarni sotishga erishmoqlari lozim. SHuning uchun ham bu siyosat firmadan bozorning kichik segmentida harakat qilishni, tezkorlik bilan uni o’zlashtirish, tezkorlik bilan
67
samarali natijaga erishgach uni tark etishni taqazo etadi. Firmalarning aksariyat qismi baho belgilashda, avvalo bozordagi baholar darajasini, raqobat darajasini e’tiborga olgan holda amalga oshiradilar. Bu hol odatda tovarlar raqobatchilar mahsulotidan ham farq qilganda, xaridorning bozor narxidan xabardorligida va sotuvchi bozor narxi ustidan nazorat qilish uchun qech narsa qila olmagan holda sodir bo’ladi. Raqobat darajasidan yuqori baholar alohida hollarda belgilanadi. Bozor kon’yunkturasini tahlil qilish bozor turi va ko’lamiini aniqlash bilan xarakterlanadi. Bozor ko’lamiini sotilgan tovarlar hajmi va bozorga kirib kelayotgan firmalar soni orqali aniqlanadi. Savdo hajmi ulgurji – vositachilik, ulgurji – iste’molchi va chakana tovar aylanishi bilan aniqlanadi. Firmalar mulkiy shakli, hajmi yoki bozordagi ulushi bilan turlanadi. Firmaning bozordagi ulushi quyidagi formula orqali aniqlanadi: δ
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling