79
3-bob bo’yicha xulosalar
Keyingi
paytda
marketing
izlanishlarining
jadallashuvi,
firma
imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirish g’oyasining dolzarb ahamiyat kasb
etishi tegishli korxonaning o’sish yo’nalishlarini takomillashuviga olib keldi.
Strategik rejalashtirishni korxonaning yangi o’sish imkoniyatlarini tahlil qilish
asosida amalga oshirishga bo’lgan talab bir muncha kuchaydi. Chunki, so’nggi
yillar mobaynida yangi tarmoqlarning va biznes sohalarining vujudga kelishi,
korxonaning kelgusi o’sish imkoniyatlarini qiyoslashda, samarali yo’llari
belgilashda ham nazariy, ham amaliy jihatdan g’oyat dolzarb bo’la boshladi.
OATB “Mikrokreditbank”da zamonaviy raqobat strategiyalari va
taktikalarini shakllantirishda avvalo bozor imkoniyatlarini aniqlashga alohida
tashqari bozor segmentini aniqlashga o’zining kuchli muvaffaqiyat olib keluvchi
tomonlarini belgilashga imkon beradi.
Marketing strategiyasini amalga oshirishning birinchi bosqichi, ya’ni holat
tahlili bozor imkoniyatlarini aniqlashga, bozor segmentini aniqlashga,
kompaniyaning o’zini kuchli va ojiz tomonlarini belgilashga imkon beradi. Bozor
tahlilining natijalari marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo’lib
xizmat qiladi.
Korxona o’z maqsadlarini biznes sohasida belgilagan o’rniga qarab
aniqlaydi. Korxonaning tegishli biznes sohasidagi mujassamlashgan o’rni-missiya
deb ataladi va o’z navbatida maqsadlarni ishlab chiqishga va strategiyani
shakllanishiga asos bo’ladi.
Strategiyani tanlash bosqichida asosiy e’tibor, quyilgan maqsadlar sari
samarali yo’nalishlarni aniqlash hisoblanadi. Strategiyani tanlashda muqobil
strategiyalarga qiyosiy baho berish, joriy va kelgusi raqobatchilik mavqelarini
aniqlash lozim buladi.
Bitiruv malakaviy ishining keyingi qismida ushbu mavzu yuzasidan xulosa
va takliflar keltirilgan.