Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bitiruv malakaviy ishi muallifining firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish bo’yicha nazariy-uslubiy va ilmiy-amaliy natijalari bo’yicha quyidagi xulosalarga keldi.
Respublikamizdagi tashkilotlarining jahon bozorlarida o’z o’rinlarini topishlarida, rivojlangan kompaniyalar tajribalarini o’rganishlari, ularning strategik va taktik tadbirlarini kuzatishlari zarur bo’ladi.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi uchun xos bo’lgan bozor iktisodiyoti tamoyillarini amalga oshirish (raqobatchilik va erkin tadbirkorlik rivojlanayotgan) sharoitlarida muvaffaqiyatga intiluvchi korxonalar birinchi o’ringa iste’molchilar manfaatlarini qo’yishlari lozim. SHu munosabat bilan korxona rahbariyati raqobatchilik kurashidagi yutuqlarni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish bilan bog’lashi zarur.
Iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishda marketing tamoyillaridan samarali foydalanish har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Raqobatchilik sharoitlarida korxonaning foyda olishi, o’sishi va barqarorlikka erishishi korxona rahbariyatining tashkilot faoliyatini iste’molchilar talab va ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirishga bog’liq bo’ladi. Bozor strategiyasining boshqa jihati – jahon bozorida sotilishi kerak bo’lgan tovarni tanlab olishdir. Tovarga nisbatan bozor strategiyasining uchta asosiy turini farqlaydilar: kam sarflar strategiyai; differentsiatsiya (tabaqalashtirish) strategiyasi; ixtisoslashish strategiyasi. Kam sarflar strategiyasi ob’ektlarni qurishga ketadigan sarflarning kamligi darajasi bo’yicha raqobatchilarning aksariyati oldida ustunlikka ega bo’lganda qabul qilinadi. Differentsiatsiya strategi yasi kompnaiya umumtarmoq asosiy muvaffaqiyatning omilllariga ega bo’lganda va bu omillarnig bir nechtasi yoki bir-ikkita hal qiluvchisi bo’yicha boshqa kompaniyalar orasida etakchi o’ringa ega bo’lganda tanlab olinadi. Differentsiatsiya omillari quyidagilardan iborat: ob’ektni qurish texnologiyasi; ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish va rejalashtirish usuli;
81
korxonaning quvvati; mahsulot yoki tovar konstruktsiyasi; qurilish muddatlari, sifati. Ixtisoslashish strategi yasi kompaniya muvaffaqiyatning birorta ham asosiy omillari bo’yicha raqobatchilar oldida ustunlikka ega bo’lmaganda yoki bir-ikki omllar bo’yicha ustun bo’lib, biroqboshqa omillar bo’yicha raqobatchilardan ancha orqada qolganda qabul qilinadi. SHuni ta’kidlash lozimki, tor ixtisoslashish strategiyasi ko’p jihatdan qisqa muddatga mo’ldallangan, chunki boshqa omillar bo’yicha ortda qolish kompnaiya omillardan biri bo’yicha ega bo’lgan ustunlikni qoplab ketishi mumkin.
OATB “Mikrokreditbank”da marketing strategiyasini tashkil etish, amalga oshirish va baholash bosqichlari tarkibiga quyidagilar kiritildi: 1) bankning strategik maqsadini aniqlash; 2) bozorni va undagi iste’molchilarni tadqiq etish; 3) bankning muayyan imkoniyatlarini tadqiq etish; 4) xizmatlar assortimenti tahlili; 5) bank marketing strategiyasini ishlab chiqish; 6) bozor talablariga mos boshqaruv tizimini taklif etish; 7) iktisodiy samaradorlik baholash.
OATB “Mikrokreditbank”da marketing strategiyasini rejalashtirish bo’yicha quyidagi takliflarni berish mumkin: bankning faoliyatini marketing tamoyillariga asoslanib rivojlantirish va eng asosiysi yangi, takomillashgan, sifatli, xizmat turlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, bular orqali o’sib borayotgan aholi ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadga muvofiqdir; xizmat ko’rsatishda qo’llanilayotgan ilg’or usullardan bankda yanada kengroq foydalanish, ya’ni bank ko’rsatayotgan xizmatlarni mijozlarga butun kun davomida xizmat ko’rsatadigan punktlarni tashkil qilish va boshqalar; ishlab-chiqarish korxonasida assortimentni takomillashtirish orqali intensiv o’sish strategiyasini diversifikatsiya bilan birgalikda qo’llash muvaffaqiyat keltirishi asoslab berildi; qo’shimcha xizmat ko’rsatish turlarini ko’paytirish va ularni yuqori saviyada tashkil etish zarur deb hisoblaymiz;
82
ishlab-chiqarish korxonasida marketing strategiyasini biri bo’lgan tovarni modifikatsiya strategiyasidan foydalanish, u orqali tovarlar xossasini yanada yaxshilash, tashqi ko’rinishini yaxshilashga erishish mumkin; tovar sotishni tashkil qilishda eng ilg’or shakllardan foydalanish, iste’molchilarni o’rganish, xaridor xulq-atvorini hisobga olish, alohida bozor segmentiga mos mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish zarur; marketing strategiyasini rejalashtirishda marketing muhiti, makromuhit va mikromuhit omillarini chuqur o’rganish va rejalashtirishni izchilligini ta’minlash; marketing strategiyasini rejalashtirishda korxona maqsadlari bilan marketing maqsadlarini aniqlash; bozorni jalb etuvchanligini tahlil etish, bozorning absolyut va joriy salohiyatini belgilashda, talabni bashorat qilishda katta ahamiyatga ega; tovar tanlovini amalga oshirishda xaridorlar xulq atvorini o’rganish zarur deb hisoblaymiz. O’ylaymizki, yuqorida keltirilgan xulosa va
takliflar OATB
“Mikrokreditbank”da raqobat strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishda katta ahamiyatga egadir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling