Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti


 “Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/46
Sana05.01.2022
Hajmi1.84 Mb.
#213930
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
tovarlarning tashqi bozordagi harakatini taminlashda transport tizimini takomillashtirish eldorado trans-servis masuliyati cheklangan jamiyat misolida

 

2.2. “Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili 

 

“Alutex”  (Alyumin  texnologiyalari)  nomi  ostida  1999  –  yildan  boshlab 

O’zbekiston  –  Britaniya  qo’shma  korxonasi  ish  boshladi.  Shu  davrdan  boshlab 

korxona  alyumin  profillari  va  jihozlarining  ulgurji  savdosi  bilan  shug’ullana 

boshlagan,  ya’ni  ularni  tayyor  holda  import  qilib,  sotgan.  Keyinchalik,  2003-yilda 

“alyumin profillarini o’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga tatbiq qildi va 

hozirgi kunda, loyihani yanada rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.  

Alutex  QK  alyumin  profillari  va  jihozlari  uchun  ixtisoslashtirilgan 

O’zbekistondagi birinchi korxona hisoblanadi.  ISO 9001,  DIN  1055  (Germany),  TS 

498  (Turkey),  GOST  8617-81  (Russia)  standartlari,  korxona  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlarning  asosiy  normativ  hujjatlari  bo’lib  hisoblanadi.  Alutex 

alyumin profillari sohasida ilg’or rivojlanayotgan korxonalardan biridir.   




37 

 

Korxonada alyumin profillarini ishlab chiqarishning to’liq sikli amal qiladi, ya’ni 



alyumin  va  boshqa  tarkibiy  qismlarning  aralashmasidan  hosil  bo’lgan  alyumin 

qotishmalarini  quyishdan  boshlab,  tayyor  holga  kelguncha  bo’lgan  jarayonning 

barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar muntazam ravishda eksport qilinadi, shuningdek, 

mamlakatning  turli  nuqtalariga  yetkaziladi.  Korxonaning  asosiy  hamkorlari  asosan, 

qurilish  sohasidagi  korxonalar  hisoblanadi,  shu  bilan  birga  sanoatning  boshqa 

sohalaridagi  korxonalar  bilan  ham  turli  xil  munosabatlar  o’rnatilgan.  Alyumin 

profillarini  ishlab  chiqarishda  eng  zamonaviy  texnologiyalardan  foydalaniladi  va  bu 

omil  sifatli  mahsulot  olishning  garovi  hisoblanadi.  Korxona,  alyumin  profillaridan 

tashqari,  avtomobil  sanoatida  ishlatiladigan  maxsus  profillar,  quyosh  batareyasi 

radiatorlarining  elementlarini,  radioantenna  ustunlari,  mebel  jihozlarini,  zinalar 

chetiga o’rnatiladigan panjaralar hamda boshqa jihozlarni ishlab chiqaradi. 

Alyumin  profillarini  ishlab  chiqarishda  eng  zamonaviy  texnologiyalardan 

foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulotning garovi hisoblanadi. “O’zbekistondagi  1-

raqamli  profil”  –  korxona  mahsulotlariga  bunday  nomning  berilishi  bejiz  emas  

albatta,  chunki  Alutex  QK  MDH  davlatlarida  marketing  tadqiqotlari  agentligi 

tomonidan har  yili o’tkaziladigan    “Yil  tanlovi” konkursida  bir  necha  yillardan beri 

birinchi o’rinni egallamoqda. Korxonaga Germaniyaning “Grenier Extrusion GmbH” 

korxonasi  tomonidan  berilgan  DIN  1055  sertifikati  esa,  korxona  mahsulotlarining 

Yevropa standartlariga to’liq javob berishini bildiradi. 

Mahsulot tayyor bo’lishi uchun bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Ular quyidagilar: 


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling