Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “buxgalteriya hisobi va audit” fakul’teti br-33 fan: O‘zbek tili mavzu: saddi iskandariy dostoni


Download 0.64 Mb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1055787
1   2   3
Bog'liq
1504971240 66676

Farang, Rusdan o’tib, Qirvonga to’g’ri bo’ladi. U yerdagi xalqni yajujlardan saqlash uchun Saddi Iskandariyni qurdiradi. Rumga qaytib keladi. Bir muddat turib, dengiz safariga chiqadi. Shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi. Turfa ajoyibotlarni ko’rib, vataniga qaytadi. Ko’p o’tmay, kasallanib yotib qoladi. Onasi (tarbiyachisi) Bonuga o’g’illikni o’rniga qo’ya olmaganidan uzr so’rab xat yozadi. Vafot etar ekan,Iskandar bir qo’lini tobutdan qo’lini chiqarib qo’yishini iltimos qiladi. Bu bir ibrat, pand edi. Jahonni egallagan jahongirning u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo’l bilab ketayotganiga ishora edi. Bu dunyoda qo’lga kiritgan butun davlatining shu dunyoda qoladi, binobarin, har bir narsada aql bilan ish tutmoq lozim, degan ma’noni anglatardi.

“Saddi Iskandariy” so’ngida ham “Sab’ayi sayor” dagi singari ustozlar bilan g’oyibona muloqot bor. Navoiy o’z “Xamsa”sini yakunlaydi. Uni boshlashidan oldin borib fotiha olgan ustozi va piri Jomiy huzuriga boradi. Ustoz kitobni varaqlar ekan , istedodli shogirdi shaniga yuksak maqtov so’zlarni aytadi. Navoiy bir lahza xayolga cho’mib, Firdavsiy, Nizomiy, Sadiy Sheroziy, Xusrav Dehlaviy kabi buyk shoirlar bilan muloqotga kirishadi. Ustozlar uni muborakbod etadilar, haqqiga duo qiladilar. Darhaqiqat, Nizomiy va Husrav Dehlaviydek shoirlardan keyin “Xamsa” yozmoq buyuk jasorat edi. Bu borada katta tajribalari bo’lmagan turkiyda yozmoq esa yuz karra jasorat edi.

Navoiy o’z oldiga qo’ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi. O’z davrining mashhur shoirlari e’tirofini qozondi. Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo’ldi.

E’tiborlaringiz uchun rahmat!


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling