Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


 Buxgalteriya balansi — moliyaviy tahlilning asosiy manbai


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana07.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1248056
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

1.3. Buxgalteriya balansi — moliyaviy tahlilning asosiy manbai 
«Balans» so‘zi lis-ikki marta va lapx-torozi pallalari so‘zlaridan kelib chiqib
mazmunan barobarlikni, teng qiymatlikni ifodalaydi. Balans usuli xalq xo‘jaligining 
har xil tarmoq va sohalarida keng va har xil maqsadda foydalaniladi. 
Buxgalteriya hisobida balans ikki maqsadda foydalaniladi: 
1) korxona mablag‘larini va ularni qoplovchi manbalarni hamda buxgalteriya 
schyotlarining debet va kreditda ifodalangan ko‘rsatkichlari tengligini ko‘rsatish; 
2) buxgalteriya hisoboti shaklida korxona mablag‘larini aniq bir vaqtda pul 
sifatida ko‘rsatish. 
Balans buxgalteriya hisobotini eng asosiy shakli bo‘lib, qolgan buxgalteriya 
moliyaviy hisobotlar balans ko‘rsatkichlarini boyitadi va moliyaviy holatning alohida 
yo‘nalishlarini ifodalaydi. 
Balans buxgalteriya ma’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya ma’lumotlari 
debetlik, kreditlik aylanmalarda, aktiv va passiv schyotlarda o‘z ifodasini topadi. 
Debet aylanma - buxgalteriya schyotlarining debetida boshlang‘ich qoldiqsiz 
yozilgan ma’lumotlar. 
Kredit aylanma - buxgalteriya schyotlarining kreditiga boshlang‘ich qoldiqsiz 
yozilgan ma’lumotlar. 
Aktiv schyotlar - bu schyotlarda korxona xo‘jalik moliyaviy faoliyatining har xil 
yo‘nalishlari ko‘rsatiladi. Bu schyotlarning qoldig‘i faqat debet bo‘lishi mumkin. 
Chunki korxona faqat mavjud mablag‘lardan foydalanishi mumkin. 
Passiv schyotlar – schyotlarda korxona mablag‘larining kelib chiqish va 
qoplanish manbalari ko‘rsatiladi. Bu schyotlarning qoldig‘i faqat kredit bo‘lishi, ya’ni 
korxona faqat tegishli manbalar bilan qoplangan mablag‘lardan foydalanishi mumkin. 
Amaliyotda aktiv-passiv schyotlar ham bo‘lishi mumkin. Bu schyotlarda 
korxonaning ham mablag‘lari, ham ularni qoplovchi manbalar ko‘rsatiladi. Masalan: 
bu korxonaning ham yuridik ham jismoniy shaxslar bilan hisob-kitob schyotlaridir. 
Bu shaxslar korxona bilan aloqada bo‘lganlarida ham debitorlik ham kreditorlik 
vazifalarini bajarishi mumkin. 
Balans 
tuzishda 
foydalanilayotgan 
ma’lumotlar 
umumlashtirilgan 
va 
detallashtirilgan bo‘lishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar buxgalteriyaning sintetik va 
analitik schyotlarida o‘z ifodasini topadi. 
Sintetik schyotlarda korxona faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari hisobga 


17 
olinadi. Masalan, «Materiallar» sintetik schyotida butun moddiy resurslardan 
foydalanish natijalari ko‘rsatiladi. 
Analitik schyotlarda sintetik schyotlarning ma’lumotlari detallashtiriladi. 
Masalan, «Materiallar» sintetik schyotning ma’lumotlari alohida material turlari 
bo‘yicha tuzilgan analitik schyotlarda detallashtiriladi. 
Sintetik va analitik schyotlardan tashqari yana subschyotlar bo‘lishi mumkin. 
Ulardan 
ham 
sintetik schyotlarning ma’lumotlarini detallashtirish uchun 
foydalaniladi. Lekin subschyotlar analitik schyotlardan farq qiladi. 
Subschyotlar rasmiy ravishda schyotlar rejasida keltiriladi, analitik schyotlar esa 
schyotlar rejasida keltirilmasdan korxona tomonidan hisobga kiritilib, ularda 
buxgalteriyaning birlamchi ma’lumotlari hisobga olinadi. 
Balans va buxgalteriya schyotlari to‘g‘risida gap borar ekan, shuni e’tiborga 
olish kerakki, balans moddalarining nomlari buxgalteriya schyotlarining nomlariga 
to‘g‘ri 
kelmaydi. 
Lekin 
buxgalteriya 
schyotlaridagi 
o‘zgarishlar 
balans 
moddalarining 
o‘zgarishida o‘z aksini topadi. Buxgalteriya schyotlaridagi 
o‘zgarishlar quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: 
Birinchi guruh o‘zgarishlar korxona mablag‘lari va ularning manbalarini 
ko‘paytiradi. Demak, balans valutasi ko‘payadi. 
Ikkinchi guruh o‘zgarishlar korxona mablag‘lari ularning manbalarini 
kamaytiradi, natijada balans valutasi ham kamayadi. 
Uchinchi guruh o‘zgarishlar balans valutasini o‘zgartirmasdan, balans bir xil 
mablag‘ moddalarini kamaytirib, boshqa moddalarini ko‘paytirishi mumkin. 
Masalan, korxona omboridan tayyor mahsulot iste’molchilarga jo‘natildi va korxona 
hisob-kitob schyotidan naqd pul olinib kassaga topshirildi. 
Pirovardida to‘rtinchi o‘zgarishlar ham balans valutasini o‘zgartirmaydi, lekin 
korxona mablag‘larining bir xil manbalarini kamaytiradi, boshqa manbalarining 
qoldiqlarini ko‘paytiradi. Masalan, bankdan kredit olib, ta’minlovchilar bilan sotib 
olingan xomashyo bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. 
Ma’lumki, tuziladigan balanslarning shakllari juda ko‘p. Ular quyidagi nuqtai 
nazardan tuzilishi mumkin: tuzish vaqti; manbalar; ma’lumotlar hajmi; faoliyatni 
ifodalash; mulk shakllari; ob’yektni ifodalash; tozalanganlik. 
Tuzish vaqti nuqtai nazardan balans: kirish, joriy, tugatish-tarqatish, bo‘lish, 
birlashtirish balanslari bo‘lishi mumkin. 
Kirish balansi korxonaning paydo bo‘lib, faoliyat boshlashiga tuziladi hamda 
korxona o‘z faoliyatini qancha mablag‘lar bilan va qanday mablag‘lardan foydalanib 
boshlayotganini ko‘rsatadi. 
Joriy balanslar — korxonalar butun faoliyati mobaynida tuziladi, ular yillik va 
choraklik bo‘lishi mumkin. 
Tugatish balansi korxona tugatilishi munosabati bilan tuziladi, bo‘lish va 
birlashtirish balanslari esa korxonalar bo‘linayotganda, birlashtirilayotganda tuziladi. 
Balans tuzish manbalari nuqtai nazaridan balanslar uch xil yo‘l bilan tuziladi: 
- inventar balanslar — ilgari faoliyat kechirgan korxona asosida uning mol-
mulkini invertizatsiya qilib, yangi korxona barpo etishda, korxonaning mulk va 
xo‘jalik yuritish shakllari o‘zgartirilganda tuziladi; 
- kitob balanslar — buxgalteriya kitoblarida aks etilgan ma’lumotlar bo‘yicha 


18 
tuziladi; 
- bosh balanslar — korxonalarning mol-mulklarini inventarizatsiya qilish va 
buxgalteriya kitoblarida aks ettirilgan ma’lumotlarga asoslanib tuziladi. 
Foydalanilgan ma’lumotlarga nisbatan balans yolg‘iz va yig‘ma bo‘lishi 
mumkin. Yolg‘iz balans alohida korxonalar uchun tuziladi, yig‘ma balanslar esa bir 
qancha korxonalar balanslarini umumlashtirish asosida hamma korxonalar uchun 
yagona balans sifatida tuziladi. Korxonalar faoliyati nazarda tutilsa, balanslar 
korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha va noasosiy, ya’ni korxonaning qo‘shimcha 
faoliyati bo‘yicha balanslar tuzilishi mumkin. Asosiy faoliyat bu korxonaning 
nizomida ko‘rsatilgan faoliyat shaklidir. 
Bozor munosabatlari davrida mulki har xil shaklda bo‘lgan korxonalar barpo 
etiladi. Davlat korxonalari bilan birga xususiy, shirkat, aktsiyadorlar, qo‘shma 
korxonalar faoliyat olib boradi. Demak, mulk shakllari nuqtai nazaridan ham 
balanslar tuzilishi mumkin. Haqiqatni aks ettirish nuqtai nazaridan esa, balanslar 
mustaqil va bo‘lak balanslar bo‘lishi mumkin. Mustaqil balanslar yuridik shaxs 
sifatida faoliyat kechirayotgan korxonalar bo‘yicha tuziladi. Bo‘lak balanslar esa, bu 
korxonalar tarkibidagi alohida bo‘lak korxonalarning — ishlab chiqarishi bo‘yicha 
tuziladi. 
Buxgalteriya balansida o‘z ifodasini topgan korxona mablag‘lari har xil bo‘lishi 
mumkin. O‘z navbatida bu mablag‘larning manbalari ham har xil bo‘lishi ehtimoldan 
holi emas. 
Avvalambor, korxona mablag‘lari immobilizatsiya shaklida, ya’ni uzoq 
muddatli aktivlar shaklida va harakatchan aylanma aktivlar shaklida bo‘lishi hamda, 
ular o‘z navbatida har xil turlarga bo‘linishi mumkin. Bular quyidagi ko‘rinishga ega: 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling