Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
1-chizma. Korxona mablag‘larining immobilizatsiya shakllari Uzoq muddatli aktivlar Joriy aktivlar Asosiy vositalar Nomoddiy aktivlar Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar Ishlab chiqarish zaxiralari xarajatlari Debitorlik qarzlari Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (qimmatli qog‘ozlar) Pul mablag‘lari 19 Uzoq muddatli aktivlar bir qancha ishlab chiqarish davri foydalaniladigan mablag‘lar bo‘lib, ular, demak, darhol naqd pulga aylanmaydigan mablag‘lardir. Harakatchan mablag‘lar, ya’ni joriy aktivlar esa bir ishlab chiqarish davrida foydalanadi va ular, demak, darhol naqd pulga aylanishi mumkin. Korxona mablag‘larining manbalari korxonaga tegishli manbalar va qarz manbalari, ya’ni majburiyatlar shaklida bo‘lishi mumkin. Ular ham o‘z navbatida har xil manba turlariga bo‘linadi. Bularni quyidagi 2-chizma tasvirida ko‘rishimiz mumkin. Korxonalarning mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlari mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, avvalambor, ularga tegishli manbalar hisobidan qoplanishi lozim va qolgan qismi tashqaridan jalb etilgan qarz-majburiyatlar hisobidan qoplanishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, qarz manbalari uzoq va qisqa muddatli, banklardan olingan kredit shaklida yoki boshqa tashkilotlardan, korxonalardan olingan qarzlar hamd a ularga kreditorlik qarzlari shaklida bo‘lishi mumkin. 2-chizma. Buxgalteriya nazariyasining rivojlanishi, iqtisodiy tahlil usullarini takomillashtirilishi xalq xo‘jaligining rivojlanish bosqichlarida hisob va tahlil oldiga yangi vazifalar qo‘yilishi munosabati bilan korxona buxgalteriya balansining tuzilishi takomillashib bormoqda. O‘zlik mablag‘larning manbalari Majburiyatlar Nizom fondi qo‘shimcha va reaerf kapitali Jamg‘arma va ijtimoiy soha fondlari Maqsadli moliyalashtirish va tushumlar Taqsimlanmagan foyda Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar Kreditorlik qarzlari 20 S.Q.Taturning 1 ma’lumotlariga qaraganda 30-yillarning oxirida korxona balansining tuzilishi quyidagicha bo‘lgan: Aktiv 1. Asosiy va mavhum umumiy mablag‘lar. 2. Me’yorlashtirilgan mablag‘lar (korxonaga tegishli va kreditlashtirilgan). 3. Kapital ta’mirlashdagi mablag‘lar. 4. Hisob-kitobdagi mablag‘lar va boshqa aktivlar. Passiv 1. Korxonaga tegishli mablag‘lar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar. 2. Qisqa muddatli bank kreditlari. 3. Kapital ta’mirlash uchun xarajat manbalari. 4. Boshqa passivlar. Balans aktivining birinchi bo‘limida asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, mavhum umumiy mablag‘lar, korxonaning ichki hisob-kitoblari va fondlarga ajratmalar ko‘rsatilardi. Aktivning ikkinchi bo‘limida materiallar, xomashyo, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlarning ombordagi qoldig‘i va ta’minlovchilar ifodalanar edi. Uchinchi bo‘limda tugallangan va tugallanmagan kapital ta’mirlash hamda pudratchilar bilan hisob-kitob ko‘rsatilardi. Aktivning to‘rtinchi bo‘limida esa, tovarlarning qiymati, pul mablag‘lari va hisob-kitobdagi mablag‘lar o‘z aksini topardi. Balans passivining birinchi bo‘limida korxona fondlarini moliyalashtirishga ketgan mablag‘lar, uzoq muddatga olingan kreditlar, kreditorlik qarzlari va korxona foydasi ko‘rsatilar edi. Ikkinchi bo‘limida korxonaning xomashyo materiallariga, tugallanmagan ishlab chiqarishga va tayyor mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash uchun olingan bank kreditlari ko‘rsatilardi. Uchinchi bo‘limda kapital ta’mirlashni moliyalashtirishga ketgan mablag‘lar, amortizatsiya fondi, pudratchilar bilan hisob-kitoblar kapital ta’mirlashni bajarish uchun olingan bank ssudalari ko‘rsatilgan. Passivning to‘rtinchi bo‘limida kreditorlar, maxsus fondlar zaxiralar va maqsadli moliyalashtirishga ketgan mablag‘lar ko‘rsatilar edi. Ko‘rinib turibdiki, bu davrda to‘rt bo‘limli korxona balansi tuzilardi. Keyingi paytlarda besh bo‘limli balans tuzilgan va ko‘p yillar foydalanilgan. Bu balans quyidagi shaklda bo‘lgan: Aktiv 1. Asosiy vositalar va aylanmadan tashqari aktivlar. 2. Me’yorlangan aylanma mablag‘lar. 3. Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar. 4. Kapital mablag‘lari va xarajatlar. 5. Asosiy podani shakllantirishga ketgan xarajatlar. 1 Татур С.Қ. Анализ хозяйственной деятельности промышленных предприятий. - М., 1940. 21 Passiv 1. Korxonaga tegishli mablag‘lar manbalari va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar. 2. Me’yorlangan aylanma mablag‘lari uchun olingan kreditlar. 3. Banklardan olingan har xil kreditlar, hisob-kitoblar va boshqa passivlar. 4. Kapital qurilish mablag‘larining manbalari. 5. Asosiy podani shakllantirishga ketgan xarajatlarni moliyalashtirish, Shuni ta’kidlash kerakki, yangi balans tizimida faqat bo‘limlarning soni, ularning nomlari o‘zgarishi bilan birga balans bo‘limlarining mazmuni, tarkibi ham o‘zgardi. Balans aktivining birinchi bo‘limida asosiy va mavhum umumiy vositalardan tashqari, yana aylanma mablag‘larini tarmoq miqyosida qayta taqsimlash, korxona foydasi, tovar-moddiy resurslarini arzonlzshtirish va korxona zararlari ko‘rsatilgan. Ikkinchi bo‘limda xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar, yoqilg‘i, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, past qiymatli va tez eskiradigan mol, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va tovarlar aks ettirilgan. Uchinchi bo‘limda pul mablag‘lari, foydalanilgan, uzoq muddatga olingan bank kreditlari, jo‘natilgan tovarlar, debitorlik qarzlar ishchi va xizmatchilar bilan hisob- kitoblar ifodalangan. Balans passivining birinchi bo‘limida korxonaning nizom fondi, asosiy vositalarning eskirish summasi, me’yorlangan aylanma mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida budjetdan olingan mablag‘lar, shu maqsadda banklardan olingan ssudalar, davlat dotatsiyasi, buyurtmachilardan olingan avanslar ko‘rsatilar edi. Ikkinchi bo‘limda esa korxona mablag‘larining aylanmasi uchun olingan ssudalar, moddiy resurslar uchun olingan ssudalar, tayyor mahsulot va tovarlar ifodalangan. Uchinchi bo‘limda hisob-kitob hujjatlari ustidan olingan ssudalar, shartnomalar, aylanma mablag‘larni vaqtincha to‘ldirib turish uchun olingan avanslar, ta’minotchilar bilan hisob-kitoblar uchun olingan ssudalar, uzoq muddatga olingan kreditlar, kreditorlik qarzlar, maxsus fondlar, amortizatsiya fondi va boshqa passivlar ko‘rsatilgan. Besh bo‘limli balansdan keyin uch bo‘limli balansga o‘tildi bu balansdan 1993 yilgacha foydalanilgan. Bu balans quyidagi shaklda tuzilgan edi: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling