O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bank boshqarmasining 1998-yil24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi


Download 0.88 Mb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1054835
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kassa muomalalari


KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bank boshqarmasining 1998-yil24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan « Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Korxona kassasidagi pul mablag'larining hisobga olinishi buxgalteriya hisobining 9-sonli BHMAga asosan tartibga solinadi. Korxonaga tegishli pulning bank tomonidan belgilangan uncha katta bo'lmagan rniqdoridagi qisrni naqd pul sifatida kassada saqlanadi.: Kassa muomalalarini yuritish uchun korxonada kassir shtati ajratiladi. U o'zi qabul qilib olgan barcha boyliklaming but saqlanishi uchun to'liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassimi tayinlash bo'yicha buyruq chiqqanidan so'ng korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to'liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o'z vazifalarini hech kirnning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassimi vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tug'ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O'z navbatida, u bilan to'liq moddiy javobgarlik to'g'risida shartnoma tuziladi. Kassir to'satdan ishni tashlab ketishga majbur bo'lganida (kasal bo'lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklami korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat kornissiya boshqa kassirga o'tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklami berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga kornissiya a 'zolari imzo chekadi. Korxona rahbari pul mablag'larining kassada but saqlanishini ta'rninlaydigan zarur sharoitlami yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagari paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi: - Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to'lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarfIanadi.



  1. Download 0.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling