O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bank boshqarmasining 1998-yil24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi
Kassa muomalalarini yuritish tartibi
Download 0.88 Mb.
|
Kassa muomalalari
Kassa muomalalarini yuritish tartibi
Bankdan olingan mablag'lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim. Kassaga pul topshirilayotgan paytda KO-I shakldagi kirim kassa orderi rasmiylashtiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o'ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan irnzolanadi. Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo'liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir ordeming to' g'ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalteming irnzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitansiyani irnzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo'yicha pullar faqat ushbu hujjat to'ldirilgan kunda qabul qilinadi. Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitansiyasi to'ldiriladi. Kvitansiya hisob-kitob schyotidan pullami hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko'chirmasiga qo'shib qo'yiladi. 1 Pulning kassadan berilishi K0-2 shakldagi chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi. Kassadan pul ish haqi, mukofot, nafaqa, stipendiyalar berilganda «To'lov vedomosti»da rasmiylashtiriladi. Pul berishga doir barcha hujjatlami korxona rahbari va bosh buxgalter yoki uIar vakolat bergan shaxslar irnzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo'lsa, orderda uning irnzosi bo'lishi shart emas. 1 Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jumalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo'liga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko'rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo'yadi hamda oluvchining tilxatini oladi. Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to'lov hujjati bo'yicha pul olishda ham shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko'rsatilishi shart. Korxonaning ro'yxati tarkibida bo'lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo'yicha beriladi. Kassadan pul faqat "nomi chiqim kassa orderida yoki uning o'mini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko'rsatilgan shaxsga beriladi. Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo'lsa, buxgalteriya orderda pul olish ishonib topshirilgan shaxsning ismi sharifmi ko'rsatadi. Agar pul qaydnoma bo'yicha berilsa, pulni olganligi haqida irnzo chektirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo'yicha» deb yozib qo'yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda qoladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga qo'shib qo'yiladi. I Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo'qotganlik nafaqasi, pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to'lov qaydnomalari bo'yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib o'tirmasdan beriladi.V To'lov qaydnomaning titul (birinchi) varag'iga pul berishga ruxsat haqida yozuv qayd etiladi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar irnzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko'rsatiladi. Agarda xodimlar ushbu pullarni o'z vaqtida (ya'ni 3 kun ichida), olmasa, ular deponentga o'tkaziladi. Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o'mini bosuvchi hujjatlar bo'yicha pul olinganidan yoki berilganidan so'ng darhol kassir ularga irnzo chekadi, ilova qilingan hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To'langan» (chiqim hujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so'zhlr qo'lda yoziladi va sana, ya'ni kun, oy, yil ko'rsatiladi. Kassa orderiga hech qanday o'zgartirish kiritishga yo'l qo'yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi. Har bir order yoki uning o'mini bosuvchi hujjat bo'yicha pul olinganidan yoki berilganidan so'ng kassir darhol kassa bo'yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo'ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladil Kassa jarayonlari kassirning kassa daftarida ro'yxatga olinadi. Kunning oxirida kassa daftarida pul qoldig'i hisoblanib, varaqning bir nusxasi dastlabki hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi. Korxona kassasidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog'ozlar, markalar, talonlar bir oyda bir marta yo'qlama qilish yo'li bilan ro'yxatga olinadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling