Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana07.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1248056
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

1. Mutlaq moliyaviy mustahkamlik. 
Bu moliyaviy mustahkamlik bo‘lishi uchun korxonaning moddiy aylanma 
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoji bilan uni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi nisbat 
quyidagi moliyaviy vaziyatlar talablariga javob berishi lozim: 
1. (E
s
: TMZ)x100 ≥ 100%. 
2. (E
t
: TMZ)x100 ≥ 100%. 
3. (E
Σ
: TMZ)x100 ≥ 100%. 
Keltirilgan moliyaviy vaziyatlar shuni ko‘rsatadiki, korxonalar o‘zining moddiy 
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarini ham o‘z manbalari, ham korxona 
majburiyatlari — uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar bilan qoplashi mumkin. 
Lekin yuqorida ifodalangan uchta manbalar bilan korxonaning moddiy aylanma 
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasidagi nisbat hamma vaziyatlar bo‘yicha 100 
foizga barobar yoki undan ko‘p bo‘lishi lozim. Demak, moliyaviy mustahkamlik 
mutlaq darajada bo‘lishi uchun korxona ehtiyoji o‘z manbalari bilan to‘liq qoplanishi 
kerak. Korxona shu vaziyatda ham tashqi majburiyat manbalaridan foydalanishi 
mumkin. 
Ko‘rinib turibdiki, korxona o‘zining moddiy aylanma mablag‘lariga bo‘lgan 
ehtiyojini to‘liq qoplash bilan ortiqcha manbalarga ega bo‘lib, undan ishlab 
chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin. 
Mutlaq moliyaviy mustahkamlik — moliyaviy mustahkamlikni eng yuqori 
darajasi , bozor munosabatlariga o‘tilayotgan murakkab, og‘ir shart-sharoitlarda ham 
mavjud. 
2. Me’yoriy moliyaviy mustahkamlik. 
Bu moliyaviy mustahkamlik bo‘lishi uchun korxonaning moddiy aylanma 
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji bilan uni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi nisbat 
quyidagi moliyaviy vaziyatlar talablariga javob berishi lozim: 
1. (E
s
: TMZ)x100 < 100%. 
2. (E
t
: TMZ)x100 ≥ 100%. 
3. (E
Σ
: TMZ)x100 ≥ 100%. 
Ko‘rinib turibdiki, korxonaning moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan 
ehtiyojini qoplash uchun korxonaning o‘zlik manbalari hamda uzoq muddatga 
olingan qarzlar yetishmaydi va korxona o‘z ehtiyojini qisqa muddatga olingan qarzlar 


45 
hisobidan qoplaydi. Ma’lumki, qisqa muddatli qarzlar bir yil muddatgacha olinadi, 
demak, ular yaqin fursatda qaytarilishi lozim. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling