Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Chapter V. THE ANALYSIS OF ENTERPRISE'S BUSINESS AND
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chapter VI. THE ANALYSIS OF ENTERPRISES FINANCIAL RESULTS........................................................................................................ ......
- INSTEAD OF CONCLUSION...........................................................................
Chapter V. THE ANALYSIS OF ENTERPRISE'S BUSINESS AND
MARKET ACTIVITY......................................................................................... 70 5.1. The analysis of business activity..................................................................... 70 5.2. The analysis of market activity....................................................................... 73 Briel summary………………………………………………………………........ 81 Questions for control a discussions…………………………………………........ 82 Chapter VI. THE ANALYSIS OF ENTERPRISES FINANCIAL RESULTS........................................................................................................ ...... 83 6.1. Enterprise's profit analysis.............................................................................. 83 6.2. Analysis of enterprise profitability................................................................. 90 6.3. Analysis of enterprise's economic insolvency................................................. 107 Briel summary………………………………………………………………........ 115 Questions for control a discussions…………………………………………....... 116 INSTEAD OF CONCLUSION........................................................................... 117 THE LITERATURE AND MATERIALS......................................................... 118 6 KIRISH Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xalq xo‘jalikni bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari foyda va rentabellik korxonalar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. Xalq xo‘jalikni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy- buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarishlik tizimidan voz kechish, bozor munosabatlaridan keng foydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning moliyaviy holati bilan shug‘ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning tarkibini kengaytiradi. Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aktsionerlar, ta’minotchilar, iste’molchilar va boshqa organlar hamda tashkilotlar ham shug‘ullanishyapti. Bu holat moliyaviy tahlil, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar qo‘ymoqda. Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari markazda — butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqilardi, muammolari yechilardi va ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo‘natilar edi. Sobiq Ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom ettirib, bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jalikni bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotir. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezidentimiz Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini 7 tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar ham kam emas. Moliyaviy tahlilni o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. Bu holat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda. Moliyaviy tahlildan manfaatdor tashkilot va organlar, mutaxassislar, keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola qilinayotgan kitobimizda bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi kun iqtisodiy nazariyasiga asoslanib, sobiq ittifoq davrida shakllangan moliyaviy tahlil uslubiyatini, bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasini e’tiborga olib, bozor iqtisodiyoti talablarini ko‘zda tutib, korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishning kompleks uslubiyatini ishlab chiqish maqsadlari, tadbirlari bayon etilgan. O‘ylaymizki, bu qo‘llanma korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilashda, uning samarasini ko‘tarishga yordam berishi shak- shubhasizdir. O‘quv qo‘llanma muallifi iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar A.T. Ibrohimov, Sh.Sh. Shoyokubov, F.Sh. Shamsutdinovlarga o‘quv qo‘llanmani tayyorlash davrida uning sifatini, mazmun-mohiyati va saviyasini oshirish niyatida qilgan tavsiya- takliflari uchun chin qalbdan o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Bu tavsiya va mulohazalar muallif tomonidan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha e’tiborga olingan. O‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan moliyaviy tahlil uslubiyati, unda tavsiya etilgan, foydalanilgan, tahlil qilingan ko‘rsatkichlar tizimining asoslanganligi, amaliyligi, zamon talablariga javob berishi respublika korxonalari materiallarini muallif tomondan tahlil etish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling