Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Fan: Auditga kirish


Download 142.28 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi142.28 Kb.
#1799948
Bog'liq
Mehribon BR63

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Fan: Auditga kirish

O’qtuvchi: Tulavov. E

Talaba: Alimbaeva. M

Audit qo’mitasi, ichki audit. Tashqi audit masalalari

Audit qo’mitasi

  • Audit qo‘mitasi — xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bo‘lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o‘z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita;

Ichki audit masalalari

  • Ichki audit xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatini optimallashtirish, rahbariyatga o'z vazifalarini bajarishda yordam berish, shuningdek, uni xabardor qilish va maslahat berish uchun tashkil etiladi. Korxonalar ichki auditi tizimining asosiy vazifasi –maxsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va tan narxini pasaytirish yo‘llarini izlab topishdir. Ichki auditor yana korxonaning mehnat unumdorligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha maslaxatlar berishi kerak.

Ichki audit xizmati

  • Ichki nazorat muxitining yana bir muxim elementi ichki audit tizimidir. Ichki audit xizmati xodimlarining vazifasi korxona ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy ravishda o’rganib borish va korxona bo’limlari va xodimlari ish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ichki audit xizmati xodimlari be’vosita korxonaning yuqori rahbariyatiga hisobot topshiradilar.

Buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’riligini tekshirish ichki auditorlar vazifasi emas. Bu ishni korxona buxgalteriya bo’limi xodimlari amalga oshiradi. Ichki auditorlarning vazifasi buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’ri bo’lishini ta’minlashi lozim bo’lgan ichki nazorat tizimining to’g’riligini tekshirishdan iborat.

Buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’riligini tekshirish ichki auditorlar vazifasi emas. Bu ishni korxona buxgalteriya bo’limi xodimlari amalga oshiradi. Ichki auditorlarning vazifasi buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’ri bo’lishini ta’minlashi lozim bo’lgan ichki nazorat tizimining to’g’riligini tekshirishdan iborat.

Tashqi audit

  • korxona taqdim etayotgan yillik moliyaviy hisobotlarning BXMSga asosan tuzilganini tekshirish maqsadida shu korxonaga nisbatan to’liq mustaqil xisoblangan auditor tomonidan o’tkaziladigan tekshiruvdir. Tashqi audit asosan biz yuqorida ko’rib o’tgan moliyaviy hisobotlar auditdan iborat. Lekin, bu tur auditga qo’shimcha tarzida, muvofiqlik yoki operatsion audit xam o’tkazilishi mumkin. Tashqi audit tekshiruvini o’tkazishning muxim shartlaridan biri shuki, bu tekshiruvda qatnashayotgan auditor shu audit tekshiruvidan o’tayotgan korxonada xech qanday iqtisodiy manfaatga ega bo’lmasligi kerak.

Tashqi audit

  • Tashqi audit o’z xususiyatiga ko’ra quyidagi ikki ko’rinishga ega:
  • 1) Ixtiyoriy audit
  • 2) Majburiy audit

Ixtiyoriy audit

  • Ixtiyoriy audit – 2021 yil 25 fevralda yangi taxrirda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun”ning 36-moddasiga muvofiq, korxona rahbariyatining o’z qaroriga binoan qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda o’tkaziladi. Ixtiyoriy auditni o’tkazishdan maqsad turlicha bo’lishi mumkin.

Majburiy audit

  • Majburiy audit - “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun” ning 10 - moddasiga muvofiq, qonun-hujjatlarda belgilangan tartibda, yuqori turuvchi davlat muassasalarining talabi bilan korxona rahbariyati buyurtmasiga asosan auditorlar tomonidan o’tkaziladigan audit tekshiruvidir.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 142.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling