Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli
Agar E. Domar o‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor ded olgan bo‘lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o‘sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko‘ra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning o‘sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarningning o‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o‘z modeliga uch tenglamani kiritadi: 1)kafolatlangano‘sish surti tenglamasi;
2) haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi; 3)tabiiy o‘sish sur’ati tenglamasi.
R Xarrod modelida haqiqiy o‘sish sur’ati ishchi kuchining o‘sish sur’ati va kapital unumdorligining o‘sish sur’ati bilan belgilanadi.
Gr - YaIMning haqiqiy qo‘shimcha o‘sish sur’ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi yoki jamg‘arishga o‘rtacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o‘sish sur’ati bo‘lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o‘sish sur’atiga asoslanib o‘z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o‘sish sur’ati jamg‘arishga o‘rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s / cr , bu yerda:
Gw – kafolatlangan o‘sish sur’ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti (qtgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lganligi sababli kafolatlangan o‘sish sur’atlari ham doimiy bo‘ladi.
Agar haqiqiy o‘sish sur’ati kafolatlangan o‘sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro‘y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to‘liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bo‘lgan maksimal o‘sish sur’ati tabiiy o‘sish sur’ati deb nomlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |