Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet110/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

sf(k)=(d+n+g)k


Tenglama kapital bilan qurollanganlikning, o‘zgarmas samaradorlikka ega bo‘lgan mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan kapital va ishlab chiqarishning doimiyligini ta’minlaydigan, faqatgina bitta darajasi
(k*) mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Bu barqaror holat iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatini ifodalaydi.(15.5.-rasm).

15.5.-rasm Texnologik taraqqiyotning barqaror muvozanatga ta’siri93


(k1*) ning barqaror (qat’iy) holatida texnologik taraqqiyot mavjud bo‘lgan sharoitda kapital hajmi (K) va ishlab chiqarish (Y) (n+g) sur’at bilan o‘sadi. Bir ishchi hisobiga to‘g‘ri keladagan kapital bilan qurollanganlik (K/ L) va ishlab chiqarish (Y/L) (g)- sur’at bilan o‘sib boradi. Bu R.Solou modelida texnologik taraqqiyot-turmush darajasi uzluksiz o‘sishining yagona sharti ekanligini ko‘rsatadi.


Shunday qilib, R.Solou modeli iqtisodiy o‘sishning 3 manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnologik taraqqiyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni yoritish imkonini beradi.
Davlat iqtisodiy o‘sishga jamg‘arma me’yori va texnologik taraqqiyotni jadallashtirish orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Jamg‘arma me’yori qanday bo‘lishi kerak? Aniqlaganimizdek muvozanatli iqtisodiy o‘sish jamg‘armaning turli me’yorlari bilan muvofiqlashadi. Shuning uchun maksimal iste’mol darajasi bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan me’yor optimal bo‘ladi. Bunday me’yor “Oltin qoida” ga muvofiq keladi. Jamg‘armaning bu me’yoriga mos keladigan kapial bilan qurollanganlik darajasini (k**) bilan iste’molni esa

  • (C**) bilan belgilaymiz. Oldin biz ishlab chiqariladigan mahsulot iste’mol va investitsiyalarga sarflanadi deb belgilagan edik:

Y=C+I


bundan C=Y-I kelib chiqadi.
Berilgan parametrlarning o‘rniga ular barqaror holatidagi ifodasini qo‘ysak, quyidagiga ega bo‘lamiz:

C*=f(k*)-dk*,


bu yerda C*- barqaror o‘sish holatidagi iste’mol.
Iste’mol hajmi maksimal bo‘ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi. 94
k*)

k** k


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling