y = f(k), i= sf(k), c=(1-s)f(k)
R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni o‘sishing barqaror muvozanat va iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
Amortizatsiya quyidagicha hisobga olinadi: agar yiliga eskirish hisobiga kapitalning qayd etilgan d qismi chiqib ketadi deb hisoblasak (chiqib ketish normasi), chiqib ketish miqdori kapital hajmiga proporsional bo‘ladi va dk ga teng bo‘ladi. Grafikda bu aloqadorlik koordinata boshidan d burchak koeffitsenti bilan chiquvchi to‘g‘ri chiziq bilan aks ettiriladi.(15.2-rasm).
15.2.-rasm. Investitsiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy muvozanatga tasiri89
Investitsiyalar va chiqib ketishning kapital zahirasi dinamikasiga ta’sirini Δk=I-d, yoki investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan foydalanib Δk=s·f(k)-dk kщrinishida yozish mumkin. Kapital zahirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lguniga qadar, ya’ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga qadar oshib boraveradi.
Shundan so‘ng bitta ish bilan band xodimga to‘g‘ri keladigan kapital zahirasi (fond bilan qurollanganlik) o‘zgarmaydi (Δk=0).
Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lgan sharoitdagi kapital zahirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli (barqaror) darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq muddatli muvozanat holatida bo‘ladi.
Muvozanat barqaror bo‘lishiga sabab k ning dastlabki miqdori qandayligidan qat’iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya’ni k* ga intiladi. Agar k ning boshlang‘ich miqdori k* dan kam bo‘lsa, yalpi investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish miqdori (dk) dan ko‘p bo‘ladi va kapital zahirasi sof investitsiyalar miqdoriga ko‘payib boradi. Aksincha k2 > k* bo‘lsa, investitsiyalar amortizatsiyadan kamligini anglatadi. Bu holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi (15.2.- rasm).
Jamg‘arish normasi fond bilan qurollanganlikning barqarorr darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Jamg‘arish normasining s1 holatdan s2 holatga siljishi investitsiyalar egri chizig‘ini yuqoriga s1f(k) holatdan s2f(k) holatga qadar siljishini keltirib chiqaradi (15-3. -rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |