Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va


Download 214.29 Kb.
bet1/14
Sana17.06.2023
Hajmi214.29 Kb.
#1551068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-mavzu Solov modeli


2-MAVZU. SOLOV MODELI.

Reja:


    1. Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va tutgan o‘rni.
    2. Y. Domarning neokeynschilik o‘sish modellari.


    3. R. Xarrodning neoheynschilih o‘sish modellari.
    4. R.Solouning neoklassik iqtisodiy o‘sish modeli.


    5. Iqtisodiy o‘sishdagi mehnat va fondlarning nisbiy miqdori.
    6. Iqtisodiy o‘sishda J. Mid modeli.


    7. Iqtisodiy o‘sishni A. Lyuis modeli.



Tayanch iboralar:


O‘sishning neokeynschilik nazariyalari, Y. Domaming neokeynschilik o‘sish modeli, R. Xarrodning neokeynschilik o‘sish modeli, O‘sishning neoklassik modellari, neokeynschilar modeli, R. Solou modeli, modelda yalpi talab va yalpi taklif tenglashishi, Robert Sollouning “Jamg‘arishning oltin qoidasi”, Sollou modeliga ilmiy xulosalar. Texnika progressi va iqtisodiy o‘sish. Mehnat jamg‘armasi va mehnat samarasi. Iqtisodiy o‘sishning hozirgi davrdagi o‘sish sur’atlari. Iqtisodiy o‘sishdagi mehnat va fondlarning nisbiy miqdori.Maijinalistik yondashuvlar, mehnat va kapital jamg‘arilishi, dinamik muvozanatga erishish, iqtisodiy o‘sishda Xiks modeli, J. Mid modeli, A. Lyuis modeli.




    1. Iqtisodiyot fanida iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va tutgan o‘rni.


Iqtisodiyot fani shakllana boshlanishidan iqtisodiy o‘sish muammosi ushbu fan diqqat markazida turibdi. Mazkur muammoni hal etish aholi soni muntazam ko‘payib borayotgan sharoitlarda ularning turmush darajasini oshirishni ta’minlaydigan iqtisodiy rivojlanish omillarini izlashni anglatadi.


Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini tadqiq etish uchun 1971-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘Igan amerikalik
mashhur iqtisodchi Saymon Kuznets’2 iqtisodiy o‘sishga: “Xo‘ja1ikning aholining tobora ko‘proq va xilma-xil ehtiyojlarini tobora samaraliroq texnologiyalar yordamida va ularga mos tushadigan institutsional va mafkuraviy o‘zgarishlar yordamida ta’minlaydigan qobiliyatining uzoq muddatli ortishi” degan ta’rif bergan. S. Kuznetsning fikriga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning uchta asosiy belgisi bor:

    • milliy mahsulotning doimiy o‘sishi natijasida ehtiyojlarning tobora ko‘proq hajmini qondirish imkoniyati;

    • o‘sishning asosi, uning yetarli bo‘lmasa ham zarur bo‘1gan sharti sifatidagi texnika taraqqiyoti;

    • o‘sish salohiyatini to‘laroq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan institutsional, harakat va mafkuraviy o‘zgarishlar.



Download 214.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling