Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.17 Mb.
bet116/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat va muhokama uchun savollar





  1. Iqtisodiy o‘sishningneoklassik modellari neokeynscha modellardan qaysi jihatlariga ko‘ra farq qiladi?

  2. R. Solouning iqtisodiy o‘sish modeli qanday nazariy asoslarga ega?

  3. Barqaror dinamik muvozanat deganda iqtisodiyotning qanday holati tushuniladi?

  4. Soluning iqtisodiy o‘sish modelida jamg‘arish normasining iqtisodiy o‘sishga ta’siri qanday izohlangan?

  5. Kapitalning chiqib ketishini iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tushuntirib bering?

  6. Aholi sonining o‘sishi kapital bilan qurollanganlik darajasiga va ishlab chiqarish hajmiga qay yo‘sinda ta’sir ko‘rsatadi?

  7. .Solou modelidagi texnologik taraqqiyotning mohiyatini izohlang.

  8. Felpsning “oltin qoidasi” mohiyatinit tushuntirib bering.

  9. J.Mid o‘z modelida mehnat unumdorligi va kapital jdamg‘arishining o‘sishi sur’atlari o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday ifodalangan?

    1. Lyuis modeliga ko‘ra iqtisodiy o‘sishni ta’minlash shartlari nimalardan iborat?
  1. BOB . XALQARO SAVDO NAZARIYASI


Reja:

    1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari

    2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi. 16.3.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.

16.4. Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi 16.5.Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari



    1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o‘rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab

chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog‘liq ravishda xalqaro moliya- valuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo‘lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o‘zini to‘liq ta’minlay olmaydi. Ular o‘zlarida ortiqcha bo‘lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo‘lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O‘zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o‘zaro savdo- sotiqni yo‘lga qo‘yadilar.
Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-
yillarning boshlarida xalqaro savdo hajmi AQShda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. Shu davrda O‘zbekiston yalpi milliy mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10- 12 foiz atrofida bo‘ldi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi:

  • mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg‘i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;

  • xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;

  • transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;

  • yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va

«nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to‘g‘ri keladi.
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko‘rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o‘z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo‘linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.



    1. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling