ShTD uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S)
uchun ishlatiladi.
ShTD =C + S
Makroiqtisodiy tahlilda uy xo‘jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi.
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armish uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar
Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib
ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‘laroq milliy iqtisodiyotda juda ko‘p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‘zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
deflator (Paashe indeksi);
iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflator ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |