Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Nominal YaIM
Deflator = ———————————— 100 Real YaIM Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa doimiy narxlarda baholaydi.20 Nominal YaIM Real YaIM = ———————————— 100 Deflator Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan oshadi, nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi natijasida ham oshishi mumkin. Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi: ∑ Qi0 Pi1 INI = 100 ∑ Qi0 Pi0 Bu yerda: Qi0– bazis yilda iste’mol savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi; Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi. Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari; iste’mol savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o‘zgarmaydi; iste’mol savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi; iste’mol savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste’mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak. YaIM deflyatori indeksi (2018 yil yakunlari bo`yicha – 128,1 %) bo`yicha shuni ta`kidlash kerakki, bu ko`rsatkich mohiyatan iste`mol narxlari indeksi (2018 yil yakunlari bo`yicha – 114,3 %)) ko`rsatkichidan farq qiladi. Iste’mol narxlari indeksi faqatgina iste`mol savatiga kiritilgan cheklangan sonli tovarlar va xizmatlar narxlarining o`zgarishini ifodalasa, YaIM deflyatori indeksi iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar, jumladan, investitsion tovarlar, eksport qilinadigan tovar va xizmatlar hamda bozorga xos bo`lmagan (bepul ko`rsatilgan) xizmatlarni ham qamrab oladi. Shuningdek, iste’mol narxlari indeksi import qilinadigan tovarlarni ham qamrab olsa, YaIM deflyatori indeksi hisob- kitoblarida faqatgina milliy iqtisodiyot rezidentlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar hisobga olinadi. Iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichining kamchiligi shundaki iste’mol savati tarkibi o‘zgarmas bo‘lganligi tufayli aholi iste’moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o‘zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi. Shu sababli bu indeks baholar darajasini biroz oshirib ko‘rsatadi. YaIM deflatori esa tarkibga joriy yilda kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib ko‘rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o‘rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi: singari hisoblanadi. Lekin tarkibga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling