m’ = ΔM / ΔY;
Bu yyerda: ΔM - importga xarajatlarning o‘zgarishi; ΔY - daromadlarning o‘zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo‘lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o‘zgarishi bilan sof eksport (Xn) o‘rtasidagi bog‘liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar
(Y) o‘zgarishiga bog‘liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to‘lig‘icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo‘shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig‘indiga teng deb olinadi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizig‘i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo‘lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o‘tadi.53 Quyida keltirilgan 7.2-rasmda tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo‘lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg‘armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o‘zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko‘p bo‘lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (AD
Do'stlaringiz bilan baham: |