Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


-jadval O‘zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi


Download 1.17 Mb.
bet72/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

10.2-jadval O‘zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi


Umumdavlat soliqlari.

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar

  1. Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq.

  2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.

  3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i.

  4. Aksiz solig‘i.

  5. Yer osti boyliklaridan foydalanish solig‘i.

  6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

  7. Bojxona boji.

  8. Davlat boji.

  9. Boshqa Boshqa to‘lovlar.

  1. Mol-mulk solig‘i.

  2. Yer solig‘i.

  3. Yagona soliq.

  4. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

  5. Boshqa to‘lovlar.

Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga karab to‘rt guruhga bulinadi:
-oborotdan olinadigan soliqlar;
-daromaddan olinadigan soliqlar;
-mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlar;
-yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona va yer osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig‘i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishlok xo‘jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloqxo‘jalik) va jismoniy shaaxslarning yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bulinadi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling