Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet80/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

C=a+b[Y-(Ta+tY)]


Iiste’mol funksiyasining Ushbu shaklini hamda sof eksport funksiyasini hisobga olib ochiq iqtisodiyot uchun soliq multiplikatorini hisoblasak u

-b


mt = ------------------ ko‘rinishini oladi.

1-b(1-t)+ m’


Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi natijasida YaIM hajmining bundan necha marta ko‘p miqdorga o‘zgarishi iste’molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bog‘liq
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‘ladi:

1 b


Y= -------------------- (a+I+G+g) Ta
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’

Aytaylik hukumat o‘z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi. Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o‘zida bir xil miqdorda o‘zgarishi natijasida daromadlarning


jami o‘zgarishi ΔY miqdori quyidagiga teng bo‘ladi:

1 b


ΔY= -------------------- ΔG ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’

Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‘paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko‘payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‘ladi.


Davlat xarajatlari o‘zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‘ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‘zgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi.
Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi.

    1. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling