Davlat budjeti- mamlakat hukumatiga davlatning iqtisodiy funksiyalarini bajarish imkonini beruvchi assoiy moliyaviy manba bo‘lib uning xarajatlari tarkibini optimallashtirish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va ijtimoiy himoyaga sarflanadigan mablag‘larning mutlaq miqdori va jami xarajatlardagi uloushi oshib bormoqda.
Soliqlar majburiy to‘lov bo‘lib fiskal, qayta taqsimlash, rag‘batlantirish va nazorat funksiyalarini bajaradi.
Barcha soliqlar uch guruhga-to‘g‘ridan-to‘g‘ri, egri soliqlar hamda resurs to‘lovlari va mulk solig‘iga bo‘linadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollntirish, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishda soliqlarning rolini oshirishga qaratilgan. Soliq islohotlari iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq stavkalarini pasaytirish, ayniqsa to‘g‘ridan –
to‘g‘ri soliqlarning stavkalarini pasaytirish, soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasini kuchaytirish yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.
Davlat budjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o‘ting.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ixarajatlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda?
Soliqlarning funnksiyalariga izoh bering.
O‘zbekiston Respublikasi budjetiga soliq tushumlaring tarkibi va miqdoridagi tendensiyalarni izohlab bering.
Mamlakatimizda soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan?
Soliq islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini tushuntirib bering.
Reja:
Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |