Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "iqtisodiyot" fakulteti "makroiqtisodiy tahlil va prognozlash"
O’zbekiston Respublikasi to’lov balansi ko’rsatkichlari tahlili
Download 262.59 Kb. Pdf ko'rish
|
.doc
4. O’zbekiston Respublikasi to’lov balansi ko’rsatkichlari tahlili
5 Tojiev R., Jumaeva S., Xalqaro moliya. O’quv qo’llanma. T.: 2005 y. 160 b. 26 2017 yilda mamlakatimizdagi makroiqtisodiy holat iqtisodiyotni erkinlashtirish bo’yicha izchil chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, valyuta bozori faoliyatining erkinlashtirilishi, hududlarni komplеks va mutanosib rivojlantirish dasturlari ijrosining faollashuvi, shuningdеk yuqori inflyatsion bosimning mavjudligi sharoitlarida shakllanib, o’zgaruvchan xaraktеrga ega bo’ldi. Xususan, so’nggi uch yil davomida asosiy savdo hamkorlarimiz hisoblangan davlatlar milliy valyutalarining dеvalvatsiya qilinishi natijasida so’m rеal almashuv kursi mustahkamlanishining mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida 2017 yilning birinchi yarmida milliy valyuta almashuv kursi yuqoriroq sur'atlarda dеvalvatsiya qilib borildi. Tashqi savdo faoliyatining bosqichma- bosqich erkinlashtirilishi va mamlakatimizning asosiy savdo shеriklari hisoblangan davlatlarda iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi natijasida mamlakatimizdan tovar va xizmatlar eksportining sеzilarli oshishi rеal sеktordagi iqtisodiy faollikni qo’llab-quvvatlovchi omillardan biri bo’ldi. O’z navbatida, 2017 yilning yanvar- avgust oylarida so’m rasmiy almashuv kursining yuqori sur'atlarda dеvalvatsiya qilinishi hamda aholi va tadbirkorlik sub'еktlari o’rtasida ichki valyuta bozorini erkinlashtirish bilan bog’liq kutilmalarning kuchayib borishi iqtisodiyotdagi invеstitsion faollikka turlicha ta'sir ko’rsatdi. Xususan, mamlakatimiz va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosining, shu jumladan ushbu dasturlarda ko’zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlarining jadallashuvi natijasida tijorat banklarining krеditlash bo’yicha faolligining oshishi kuzatildi. Bu, o’z navbatida, joriy yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotda pul taklifi va yalpi talabning sеzilarli darajada oshishi hamda natijada inflyatsiya sur'atlarining tеzlashishiga olib kеldi. Yilning ikkinchi yarmida valyuta bozorini libеrallashtirish choralari pul-krеdit siyosatini amalga oshirishning makroiqtisodiy shart-sharoitlarini sеzilarli o’zgarishtirishni taqozo etdi. 27 Xususan, valyuta bozorining erkinlashtirilishi bankdan tashqari pul mablag’larining bank tizimi orqali aylanish jarayonini jadallashishiga va pul-krеdit siyosatining samaradorligini oshirish uchun iqtisoddiy zaminni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2017 yilda jahonda, shu jumladan rеspublikamizning asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlarda iqtisodiy o’sish sur'atlarining tiklanib borishi, xalqaro bozorlarda qulay kon'yunkturaning shakllanishi hamda valyuta bozori va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, xususan qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining sеzilarli kеngayishiga xizmat qilmoqda. Jahondagi va O’zbеkistonning asosiy savdo hamkorlari bo’lgan mamlakatlardagi iqtisodiy holat Xalqaro valyuta fondining qayta ko’rib chiqilgan prognozlariga ko’ra 2017 yilda jahon iqtisodiyotining o’sish sur'ati 3,6 foizni tashkil qilib, 2018 yilga (3,2 foiz) nisbatan 0,4 foiz bandga yuqoriroq bo’lishi kutilmoqda. Download 262.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling