Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo‘jaligi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotida inson kapitalini tiklash bir qator muammolarga duch keladi. Tashqi muhitning barqaror xususiyatga egaligiga qaramay, uy xo‘jaligining kundalik hayoti iste'mol tovarlari va xizmatlarning tanqisligi bilan murakkablashadi. Boshqa holatda mahsulotlar yoki kiyim-kechak xarid qilishning mutaassiblik (tez-tez takrorlanib turuvchi holatlar) tadbiri ko‘p vaqt, kuch va ruhiy xayajonlarni talab qiluvchi jarayonga aylanadi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo‘jaligining shakllanishini iqtisodiy jihatdan asoslash uning negizida tanqis tovar va resurslardan foydalanishni kengaytirishdan iborat bo‘lgan.
Partiya-davlat pog‘onasidagi o‘rniga ko‘ra noyob resurslardan foydalanishning tabaqalanishi uy xo‘jaligi va davlatning o‘zaro munosabatlari turini alohida ifodalagan. Uy xo‘jaligi budjet cheklovlari, korxonaning budjet cheklovlariga nisbatan ancha qat'iy bo‘lishiga qaramay, uy xo‘jaligi tomonidan davlatdan olinadigan pul (ijtimoiy transfertlar) va pul bo‘lmagan (nufuz, taqchil tovarlardan foydalanishda ustunlik) shakldagi “renta daromadlari”ni hisobga olish lozim.
Uy xo‘jaliklarida yuz beradigan barcha iqtisodiy munosabatlarning mohiyati ularning funksiyalari orqali tavsiflanadi. Uy xo‘jaligi a'zolari tomonidan iqtisodiy faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida u iqtisodiy birlik (tashkilot) sifatida ishlab chiqarish va iqtisodiy noishlab chiqarish funksiyalarini, moliyaviy tizim subyekti sifatida esa qayta taqsimlash, tartibga soluvchi va nazorat funksiyalarini bajaradi.
Uy xo’jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy funksiyalari
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Berkinov Bozorboy Berkinovich
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT
Toshkent – «INNOVATSION RIVOJLANISH
NASHRIYOT-MATBAA UYI» – 2023
2.Belyaev OO Iqtisodiy siyosat: Navch. mumkin. - K .: KNEU, 2006 .-- 288 b.
3. Bazilevich V.D. Siyosat - K .: Znannya-Press, 2007 .
4.A.V.Vaxobov, Sh.A.Toshmatov,N.X.Haydarov "Moliyaviy savodxonlik asoslari" -Toshkent 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |