Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “iqtisodiyot” fakulteti mek-51 talabalari jalolidinov shoxjahon “INSTITUTSIONAL iqtisodiyot” fanidan taqdimot ishi


Inson kapitalini shakllantirish bo’yicha uy xo’jaligi faoliyati tarkibi


Download 7.71 Mb.
bet2/3
Sana23.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1717512
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish.Institutsional iqtisodiyot

Inson kapitalini shakllantirish bo’yicha uy xo’jaligi faoliyati tarkibi
Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari qabul qilingan. Ular ichida oilabudjetini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim qonunlar mavjud. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Oila tadbirkorligi to‘g‘risida”gi O‘zR Qonunlari shular jumlasiga kiradi. Ushbu qonunlar negizida uy xo‘jaliklarining ishlab chiqarish hamda oila biznesi amalga oshiriladi.Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan davrga qadar (1998 yilgacha) Davlat statistika qo‘mitasi tizimida, oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan barcha subyektlar nomlari, shu jumladan tomorqa xo‘jaligi, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar “dehqon xo‘jaligi” nomi bilan yuritilgan.
Qonunga muvofiq “Dehqon xo‘jaligi” mayda tovar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik hisoblanadi. Oila boshlig‘iga meros qilib qoldirish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkasida oila a'zolari mehnatidan foydalanib mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ular oila iste'moliga hamda bozorda sotish uchun taqsimlanadi.Oila tadbirkorligi (biznesi) hamda dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishi uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatini hamda ularni moliyaviy va investisiyalash funksiyalarini faollashtirmoqda.
Turli iqtisodiyotlardagi uy xo’jaligi shakllari
Uy xo‘jaligi funksiyalarini to‘laqonli bajarilishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol' o‘ynaydi. Shu bois iqtisodiy rivojlanish ko‘p jihatdan uy xo‘jaliklari holati bilan tavsiflanadi. Turli iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari shakllari o‘ziga xos xususiyatga ega. Uy xo‘jaligi insonni tashqi muhitning noaniqligi, unga yuklatiladigan harakat normalari va qoidalari, kundalik muammolarga ortiqcha e'tibor qaratishdan saqlaydi. Binobarin, institutsional muhit xususiyatlari (noaniqlik darajasi, rasmiy va norasmiy me'yorlarning o‘zaro nisbati, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tezligi) uy xo‘jaligi tarkibiga ta'sir ko‘rsatadi.
Korxona yoki davlatning hamma uchun bir xil (universal) modeli bo‘lmagani kabi, uy xo‘jaligining ham yagona modeli mavjud emas. Shu munosabat bilan turli iqtisodiyotlar sharoitida shakllangan uy xo‘jaligining uchta shaklini ajratish mumkin. Ular qatoriga–bozor iqtisodiyoti, buyruqbozlik iqtisodiyoti va buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida faoliyat yurituvchi uy xo‘jaliklarini kiritish mumkin. Ushbu toifadagi uy xo‘jaliklari faoliyati va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling