Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “iqtisodiyot” fakulteti mek-51 talabalari jalolidinov shoxjahon “INSTITUTSIONAL iqtisodiyot” fanidan taqdimot ishi


Download 7.71 Mb.
bet1/3
Sana23.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1717512
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish.Institutsional iqtisodiyot

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” FAKULTETI MEK-51 TALABALARI JALOLIDINOV SHOXJAHON NABIYEV G’IYOSJON “INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT” FANIDAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU: OILA VA UY XO’JALIGI FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI


1. Uy xo’jaligi turlari va uning oila bilan funksional bog’liqligi 2.Uy xo’jaligi turlari va uning oila bilan funksional bog’liqligi
3.Inson kapitalini shakllantirish bo’yicha uy xo’jaligi faoliyati tarkibi
4.Turli iqtisodiyotlardagi uy xo’jaligi shakllari
5.Uy xo’jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy funksiyalari
Reja:
Uy xo’jaligi turlari va uning oila bilan funksional bog’liqligi
Uy xo‘jaligi iqtisodiy faoliyatning muhim subyektlaridan biri hisoblanib, nafaqat oila yoki xo‘jalik, balki butun mamlakat aholisining farovonligi uning natijalariga bog‘liq. Uy xo‘jaligi iqtisodiyotning yirik sektori sifatida tijorat korxonalari va davlat bilan bir qatorda barcha makroiqtisodiy tartibga solish jarayonlarida ishtirok etadi. Shu nuqtai nazardan uy xo‘jaligining tarkibi, maqsadi va asosiy vazifalarini o‘rganish oila biznesi (tadbirkorligi)ni tashkil etish va uni yuritish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning turlarini taqqoslash uy xo‘jaligining bozor munosabatlariga mos turi va uning tarkibini tanlash imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda uy xo‘jaliklari faoliyatining muammolariga e'tiborning ortganligi kuzatilmoqda. Bu avvalambor uy xo‘jaliklarining milliy iqtisodiyot o‘sishiga qo‘shayotgan hissasi oshayotgani bilan bog‘liqdir.shu bois uy xo‘jaligi tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini, uning belgilari va tarkibiy-funksional xususiyatlari, rivojlanish omillarini chuqurroq bilish talab etiladi.
Uy xo’jaligi turlari va uning oila bilan funksional bog’liqligi
Uy xo‘jaligi jamiyat hayotining barcha sohalari bilan bog‘liq bo‘lib, uni sosiologiya, demografiya, statistika, psixologiya, iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy fanlar vakillari o‘rganadi. Ushbu fanlarning har biri uy xo‘jaligi faoliyatining u yoki bu jihatlarini tadqiq etadi. Uy xo‘jaligining hayoti va faoliyati bilan bog‘liq muammolarning majmuaviy xususiyatga ega ekanligi uning faoliyat ko‘rsatishining turli jihatlarini yorituvchi ko‘p yo‘nalishlarining mavjudligidan dalolat beradi.
Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligi tushunchasiga hozirgacha yagona ta'rif berilmagan. Mualliflar uy xo‘jaligi mohiyatining turli dastlabki tushunchalari va uning funksiyalarini bosh asos qilib olgan holda, o‘z ta'riflarini berganlar. Biroq turli vaqtlarda, turli sharoitlarda va turli vazifalarni hal etishda ular turli ma'noga va turlicha talqinga ega bo‘lgan “Uy xo‘jaligi” tushunchasi tor ma'noda oila a'zolariga maishiy xizmat ko‘rsatish, shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish, uyda natura holda mahsulot ishlab chiqarish kabi xo‘jalik yuritish bo‘yicha an'anaviy uy ishlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Ko‘pincha uy xo‘jaliklari oilaning iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va statistik belgilanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Oila an'anaviy tarzda nikohqarindoshlik munosabatlari, birgalikda hayot kechirish, umumiy budjet va birgalikda xo‘jalik yuritish belgilari bilan ta'riflanadi. Qarindoshlik belgisi, oilani ta'riflash uchun shart hisoblansa-da, lekin u hamma vaqt ham ishtirok etmaydi, chunki oila tarkibiga ham tug‘ishgan, ham asrab olingan farzandlar kirishi mumkin.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling