Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
Bog'liq
T menejment

4.2. Turistik mahsulot tarkibi 
Turistik korxonaning turistik bozordagi muvaffaqqiyati birinchi 
navbatda taklif etiladigan turistik mahsulotning jozibadorligi bilan 
belgilanadi. Zamonaviy turistik mahsulot juda qiyin turli xil elementlar 
yig‗indisidan iborat. 
Tabiiy resurslar (havo, suv, quyosh, landshaft va hokazolar), tarixiy, 
madaniy, me‘moriy diqqatga sazovor joylar. Ular turistni sayyohatga 
undashi va jalb qilishi mumkin. 
Bino va qurilmalar turistlarni joylashtirish vositalari, restoranlar
dam olish qurilmalari, sport inshootlari va hokazolar. Ular sayyohat 
mativatsiyasiga bevosita ta‘sir ko‗rsatmaydi, ammo ularning bo‗lmasligi 
mumkin bo‗lgan sayyohatga turlicha ta‘sir ko‗rsatadi. 
Harakat vositalari ular ma‘lum ma‘noda turistlar tomonidan 
foydalaniladigan transport vositalariga bo‗lgan talabga bog‗liq bo‗ladi. 
Ma‘lum vaqtgacha turistik mahsulot iste‘molchi uchun real 
qiymatga ega bo‗lmaydi. Turistlar bozorda tovarlarni emas, balki 
ma‘lum inson ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo‗lgan fnnksional 
imkoniyatlarni xarid qilishadilar. Ular mehmonxonaga joylashishga haq 
to‗lashmaydilar, balki ma‘lum inson ehtiyojlarini qondirish imkoniga 
ega bo‗lgan funksional imkoniyatlarni xarid qilishadilar. Ular 
mehmonxonaga joylashishga haq to‗lamaydilar, balki ma‘lum insonning 
ehtiyojlarini qondirishning funksional imkoniyatlariga tovar mavjud 
ehtiyojni qondira olishini anglagan holda, turist iste‘molchiga aylanadi. 
Turistik mahsulot – bu ko‗pchilik korxonalar harakatining 
natijasidir. 
U quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
- tur; 
- tovarlar; 


49 
- qo‗shimcha turistik ekskursion xizmatlar. 
Tur – turistik mahsulotning dastlabki birligi (tovar shakli). U 
mijozini turoperator tomonidan ma‘lum yo‗nalish va aniq muddatlarda 
sotiladigan yagona birlikdir. Tur deganda sayyohatning bosh maqsadi 
bazasida birlashtirilgan turli xil xizmatlar kompleksi tushuniladi. 
Tovarlar – turistik mahsulotning o‗ziga xos qismidir. U o‗z ichiga 
turistik rejalar va shaharlar xaritalari, otkritkalar, bukletlar suvinirlar, 
turistik anjomlar va o‗ziga xos bo‗lmagan turistik mahsulotlar moddiy 
qismini oladi. Ularga taqchil bo‗lgan ko‗p sonli tovarlar yoki 
turistlarning doimiy yashash joylarida qimmat bo‗lgan tovarlar kiradi. 
Qo‗shimcha turistik – ekskursion xizmatlar, ularga ijara, telefon, 
maishiy xizmat ko‗rsatish, pochta, valyuta almashtirish, qo‗shimcha 
ovqatlanish, ijtimoiy transport, buyumlarni taxlash, chiptalarni xarid 
qilish, xordiq chiqarish, joylarni rezervlashtirish, tijorat televideniesi, 
video, mini – barlardan foydalanish va hokazolar. Ushbu xizmatlar 
turistlar tomonidan qo‗shimcha haq to‗lash evaziga xarid qilinadi. 
Inklyuziv turlar bo‗yicha evropa mamlakatlariga turistik mahsulot 
qiymati strukturasi taqdim etiladi. 
TMR(100%)=T(30%)+Tt(30%)+QXT(40%) 
Bu erda: TPR – turistik mahsulot qiymati; 
T – tur qiymati; 
Tt – xarid qilingan tovarlar qiymati; 
QXT – qo‗shimcha xizmatlar qiymati. 
Ushbu strukturadan ko‗rinib turibdiki, turoperator turmahsulot 
qiymatining 1/3 dan kam qismini oladi. Katta mablag‗larni turistlar 
mahalliy turistik industriya joyida, turoperator xizmatlarini chetlab 
o‗tgan holda sarflaydilar. Turistlar harakatlarining asosiy qismi savdo 
orqali mahalliy byudjetda kelib tushadi. 

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling