Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


-rasm-Zamonaviy turistik bozornig o‟ziga xos funksiyalari


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
T menejment

 
1.1-rasm-Zamonaviy turistik bozornig o‟ziga xos funksiyalari
3
 
Turizmning iqtisodiy ahamiyati. Iqtisodiy holat sifatida turizmga 
ikki tomonlama qarash mumkin. 
Iqtisodiy kompleks sifatida. Uning rivojlanishi ko‗pchilik hollarda 
dunyo xo‗jalik aloqalari, jarayonlar, munosabatlar bilan izohlanadi. 
Iqtisodiy o‗sishning muhim katalizatori sifatida. Bunday holatda 
turizm yalpi ichki mahsulotni davlatlar o‗rtasida qayta taqsimlash kanali 
sifatida namoyon bo‗ladi. 
Hozirgi dunyoda turizm industrial shaklga ega: 
- samaradorlikning yuqori darajasi, investitsiyalarning tez qoplanishi 
bilan tavsiflanadi; 
- yangi hududlarni o‗zlashtirishning boshlovchisi (pioneri) hosoblanadi; 
- tabiat va madaniy me‘rosni qo‗riqlashning samarali vositasi sifatida 
namoyon bo‗ladi. 
Xalq xo‗jaligining qariyb barcha tarmoqlari va inson faoliyatining 
turlari bilan bog‗liqdir. 
3
https://www.google.com/search 


10 
Ma‘lumki, rivojlangan davlatlarda chet el turizmidan tushgan 
daromad rangli va qora metallarning xalqaro savdosiga qaraganda ikki 
barovarga ko‗pdir. 
Turizmning daromadlari turistik xarajatlar natijasida shakllanadi. 
Turistik xarajatlar o‗z ichiga quyidagilarga haq to‗lashni oladi: 
- kompleks tashriflarga; 
- turlar va dam olish uchun xizmatlar paketiga; 
- joylashtirishga; 
- ovqatlanishga; 
- transportga; 
- faoliyatning rekratsion, madaniy va sport turlariga; 
- sayyohatning ajralmas qismi hisoblangan iste‘mol mollarini xarid 
qilishga; 
- tibbiy xizmat ko‗rsatishga va boshqalarga. 
Qayd qilingan turistik xarajatlar iqtisodiyotga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni turizmning iqtisodiy faoliyati milliy daromadni 
yaratishga o‗z hissasini qo‗shadi. 
Turizmning mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatga ta‘sir sohasi bo‗lib 
hisoblanadi. 
Tadbirkorlik sohasi. Turistik korxonaning tashkil etilishi naf 
keltiradi, chunki mijozlarga o‗z mahsulotlari va xizmatlarini taklif etadi, 
ishchi va xizmatchilarga – ish haqini, aksionerlarga – foydani, davlatga 
(hududga) – soliq va yig‗imlarni. 
Iste‘mol va daromad sohasi. Turizm iste‘mol talabining yangi 
shaklini yaratadi. Turistlarning turli xildagi tovarlar va xizmatlarga 
bo‗lgan talabi mahalliy sanoatning rivojlanishiga imkon yaratadi. Unga 
ko‗ra iste‘mol mollarini ishlab chiqarish rivojlanadi va aholining hayot 
darajasi oshadi. 
Valyuta sohasi. Turizm katta hajmdagi chet el valyutasi oqimini 
ta‘minlaydi. Xususan chet el valyutasining kelib tushishi nafaqat tur 
(paket) uchun haq to‗lash shaklida, balki turistik markazdagi almashtirish 
punktlarida almashtirish kundalik ehtiyojlar va qo‗shimcha xizmatlarga 
haq to‗lash shaklida ham bo‗ladi. 


11 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi. Turizm dam olish strukturasini 
yaratadi, u nafaqat turistlar tomonidan, balki mahalliy aholi uchun ham 
foydalanilishi mumkin, yangi turistik markazlarning paydo bo‗lishi servis 
savdo markazlarining paydo bo‗lishiga, yo‗llarning qurilishiga, hordiq 
chiqarish korxonlarining vujudga kelishiga olib keladi va u o‗rab turgan 
infratuzilmaga, iste‘mol bozoriga va boshqa tadbirkorlik faoliyatlariga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Turistik infratuzilmaning rivojlanishi u yoki bu 
hududagi aholining hayot darajasining ko‗rsatkichi hisoblanadi. 
Kelish joyida turistlar tomonidan sarflangan pullar bir vaqtning 
o‗zida davlatga (hududga) daromad keltiradi. 

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling