Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti
Download 3.36 Mb. Pdf ko'rish
|
T menejment
tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli
mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo‘ladi 19 Umuman olganda turistlarning psixologik xarakterlariga mos muomala shakllariga ko‗ra har xil yo‗nalishlar tashkil qilinib turistlar guruhlarga ajratiladi. Psixologik ma‘lumotlar ichida kishi keng yashash tarzi, yaratgan obro‗si, munosabatlari, sayohatga bo‗lgan qiziqishi, oilaviy ahvolida ko‗rsatgan muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma‘lumotlarga asosan so‗rov anketalari va o‗zaro uchrashuvlar bilan qo‗shimcha kiritiladi. Turizm bo‗yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro‗yobga chiqarilgan sayohat yo‗nalishining paydo bo‗lishi motivatsiya bilan bog‗liq tadqiqotlar natijasida farqli bir xulosa o‗rtaga chiqqan. T.Plog izlanishlari natijasiga ko‗ra sayohat qiladiganlar bo‗linmaydigan 19 Иқтисодиѐт ва менежмент асослари : ўқув қўлланма / Икромов М., Солиев А. С.. - Тошкент : Vneshinvestprom, 2019. 47 davomli bir qator shaklda qo‗yilsa, uch shakldagi yo‗nalishlar qo‗lga olinishi mumkin. Ko‗p kishilar qatorning o‗rtasida qolmoqda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo‗nalishlarning birinchi uchiga ―psixotsentrik‖, boshqa uchiga ―allotsentrik‖ nomi berilgan. Bular ―psixotsentrik‖ uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchoq, sarguzashtni sevmaydigan insonlardir. ―allotsentrik‖ uchida joylashganlari esa o‗zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga ko‗ra Plog boshqa turist turlarini va boshqa ziyorat qilinadigan yerlarning borligidan baxs etgan. Plogga ko‗ra, ―allotsentrik‖ tur mustaqil bir tajribaga o‗xshaydigan sayohatni, erishishi qiyin bo‗lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika, Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O‗rta nuqtada qolgan turlar Gavai, Yevropa kabi ta Yevropa kabi tanilgan yerlarga sayohat qiladilar. "Psixotsentrik" turdagi turist esa, masalan, ―Disney-land‖ga paket (raskade) tur bilan ketishdan mamnun bo‗ladi. Bu ikkita, uchta joylashgan turlarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin. ―Allotsentrik‖ turlar: Sarguzashtchi va o‗z boshiga tadqiqotdan zavq oladi. Kashfiyotdan zavqlanuvchi va yangi hayajonlarni istaydi. Kashfiyotsiz yerlarni borib ko‗rishni xohlaydilar. Umuman qiziqish doirasi katta. Turistik xususiyati bo‗lmagan yerlarni sevadilar. O‗ynash va ovqatlanish mavzusida asosan komfort va qulaylikni yoqtiradilar. Boshqa o‗lkaning insonlari bilan tanishishdan, madaniyatlari bilan qiziqishdan zavqlanadilar. "Psixotsentrik" turlar: - pekij - tur tanlaydilar; - unchalik faol emaslar; - quyosh, dengiz, qum kabi hammaning birgalikda qatnashadigan faoliyatlaridan zavq oladilar; - ziyorat qilinadigan joylarga asosan tayyorada (samalyotda) emas, balki avtomobil bilan borishni xush ko‗rishadi; - tanilgan, bilgan joylarni tanlaydilar; - xorijiy muhitdan rohatlanmaydilar; - -o‗z o‗lkalaridagiga o‗xshash tunash kompleksini, restoran, 48 klublarni va oldi - sotdi markazlarini tanlaydilar; - -o‗zlari kabi bir xil komfortli davrada sayohat qilganlar bilan birgalikda bo‗lishidan zavq oladilar; - -butun sayohat tashkilini o‗zlari uchun uyushtirilgan sayohat firmalarini tanlaydilar. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling